Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
618 subscribers
6.72K photos
299 videos
45 files
1.18K links
Download Telegram
#Insholar_tanlovi
#Ikki_buyuk_siymo

🌟TARIX QA’RIDAGI IKKI YULDUZ

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida ikki buyuk daho Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayot va ijod yo'lini chuqurroq o‘rganish maqsadida “Tarix qa'ridagi ikki yulduz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

💫 O'quvchilarning bobolarimiz merosini o'rganishga bo'lgan qiziqishlari g'oyat quvonarli holdir. Tanlov gʻoliblariga keyingi bosqichda omad tilab qolamiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Forwarded from Razzaqov Jaxongir Uchqo`rg`on IM
11 sinf o'quvchisi Abdukarimova Nafosatxon B2 sertifikatini qolga kiritdi.
Teachers: Maftuna Ilhamjanovna
Rasulova Rohatoy
Forwarded from Hilola Umarova
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrladigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzab mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN


Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan. Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan. Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabrik


9-fevral- G'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.

🔰🔰🔰
Shu bilan birga Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining o'quv ishlar boʻyicha oʻrinbosari O'rinboyev Bahodir Tursunboyevichning tavallud topgan kunlari. Ushbu sana munosabati bilan ustozga uzoq va sermazmun hayot, oilaviy baxt hamroh boʻlishiga tilakdoshmiz. Kasblaridan kamol topib ta'lim sifatini oshirish yo'lidagi faoliyatlarida doimo omad yor bo'lsin.

⚡️⚡️⚡️
Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Jarayon
#Ona_tili_va_adabiyot
#Alisher_Navoiy_nomli_fan_olimpiadasi

Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ona tili va adabiyot fanidan Alisher Navoiy nomidagi olimpiada tashkil etildi.

💫5-11-sinflar o'rtasida o'tkazilgan ushbu olimpiadada qatnashish istagini bildirgan o'quvchilar sinflar kesimida berilgan test savollariga javob berdilar.

⭐️G'oliblar maktabda tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda taqdirlanadi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im