Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
588 subscribers
5.86K photos
277 videos
45 files
1.01K links
Download Telegram
#Savodxonlik_sinovi

Bugun Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida diktant olish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🔴 Unda maktab o'qituvchilarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmasi va savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

❗️Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” F-72-son Farmoyishi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
O'zbegimning Erkin shoiri...

Shoirim, she'ringiz shuurimdadir,
Bo'g'zimdan otilar o'tli nidolar.
So'zingizning sehri qalb qo'rimdadir,
Qulog'imda yangrar erkin sadolar.

Siz orzu qilgandek bo'lmadim daho,
Har satringiz berdi hayot darsini.
She'ringiz orimga, borimga baho,
Qayerdan bildingiz qalbim dardini.

Menga kerak edi bir pillapoya,
Yaxshilik urugʻin eltardim ko'kka,
Bog'imga bulutlar solmasa soya,
Oqibat daraxtin yetkazay ko'pga.

Izingizdan yurgan toy bo'lay endi,
Bir bora bolam deng boy bo'lay endi.
Qalamim qarodir, qalbim yarodir,
Satringizni tinglab soy bo'lay endi.

Shoirim, ruhimga sokinlik indi,
O'zbegimning bek oyimi bo'layin,
Dilimdagi tengsiz tug'yonlar tindi,
She'riyatning osmonida to'layin.


Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10.01-sinf o'quvchisi Olimjonova Zahro
#Bizning_ijod

🙃🙃🙃

Qalbim taskin izlar, bilmadim nega,
Dunyo gʻamlaringni bir chekkaga ot.
Minglab muhlislarga boʻlsin u ega,
Menga shunday kitob topib ber hayot!

Uni oʻqib koʻkda yigʻlasin bulut,
Maysalar barq ursin, taʼmini bir tot.
Barcha tashvishlarim boʻlsinda unut,
Menga shunday kitob topib ber hayot!

Yosh toʻkkan daraxtlar topsin bir tirgak,
Bilaman, senga bu tuygʻular ham yot.
Senga kerakmasdir, lek menga kerak,
Menga shunday kitob topib ber hayot!

Qish boʻlsa, u bilan yashnasin bahor,
Quyosh jilmaygancha gʻarb tomonga bot.
Oqshomlar soʻzlasin, yulduzlar bedor,
Menga shunday kitob topib ber hayot!

Mutolaa qilganda, zavqlanib, joʻshib,
Joʻr boʻlay tabiat-kuylasin bayot.
Bitilsin-muhabbat, mehrni qoʻshib,
Menga shunday kitob topib ber hayot!

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8.02-sinf o'quvchisi Nabijonova Muazzam
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkaziladi.

📝Mazkur olimpiada 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

1️⃣ Hududiy bosqich: 4 turda boʻlib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Agentlik bosqichi: 3 turda tashkil qilinadi. Bunda har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadi.

Hududiy bosqich 2023-yilning 9-dekabr kuni barcha hududlarda boʻlib oʻtadi.

📆 Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_uchun
#Konstitutsiyamiz_baxtimiz_qomusi

🔱 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8.02-sinf o'quvchilari tomonidan 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" shiori ostida tayyorlangan #chellenge

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_uchun
#Konstitutsiyamiz_baxtimiz_qomusi

🔱 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.03-sinf o'quvchilari tomonidan 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" shiori ostida tayyorlangan #chellenge

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Konstitutsiyamiz_baxtimiz_qomusi

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

🔹
  Bayram dasturi davomida badiiy sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar, konstitutsiyamizni madh etuvchi she'rlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, yangi  tahrirdagi Konstitutsiyamiz moddalari tinglanib, huquq va burchlarimiz yana bir bor yodga olindi.

🔰
9-10- sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Siz huquqingizni bilasizmi?" nomli kichik tanlov o'tkazildi. O'quvchilar qiziqish va faollik bilan ishtirok etganlari barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

Bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz.
👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im