Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
590 subscribers
6.14K photos
282 videos
45 files
1.07K links
Download Telegram
📣#Tanlov
📘#Kutubxona_nurxona

🇺🇿Namangan viloyatidagi Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi bolalar kutubxonasi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Kitobxonlik festivali" e'lon qilganidan xabaringiz bor.

📆 Festival doirasidagi tanlovning tuman bosqichi 2-dekabr kuni o'tkazildi. Bunda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-sinf o'quvchisi O'ljaboyeva Asila "Eng faol kitobxon o'quvchi" yo'nalishida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 8.02-sinf o'quvchisi Nabijonova Muazzam "Ijodkor bolalar" yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritib ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanma oldilar.

🎁G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

🎉 O'quvchilarimizga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
🚀 "Raqamli Avlod IT Fest" 2023!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan  yoshlar uchun an'anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligi bo'lib o'tdi.

🤖 Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.03- sinfning ,,FND'' jamoasi Respublikada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Hackaton musobaqasida o‘z innovatsion EKO loyihalari bilan faxrli 2-o‘rinni egalashdi.

🎉 Sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan o'quvchilarimizga Agentlik direktori A. Ubbiyev kelajakdagi o'qishlarida omad tiladi.

🔥 G'alaba muborak aziz o'quvchilar!!!
👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#new_Uzbekistan_university

⚡️Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

🏆“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

📝Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TO QUYOSH SOCHGAYKI, NUR...
an’anaviy tanlovi

🔘 Tanlov O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 87 yilligi munosabati quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

"Erkin Vohidovning hayoti va ijodining faol targ‘ibotchisi"
(O.A.V xodimlari, blogerlar uchun ushbu yo'nalishda 2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 10-dekabrgacha OAVlarida yoritilgan asarlar qabul qilinadi)

"Eng yaxshi videorolik"
(Erkin Vohidov asarlarini ifodali o’qish va ijodiy yondashilgan 3 daqiqadan oshmagan videorolik)

"Eng yaxshi ijodiy asar"
(Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag’ishlangan nazmiy va nasriy asarlar)

📆 Tanlov materiallari ko'rsatilgan shartlar bo'yicha 18-dekabr soat 18:00 ga qadar quyidagi telegram manzilga yuborilishi kerak:
https://t.iss.one/erkinvohidov_admin

💐Tanlov gʻoliblariga mukofotlarni 28-dekabr kuni Margʻilon shahrida, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtadigan tantanali tadbirda shoirning oila aʼzolari va yaqinlari topshiradi:

🥇1-o‘rin uchun NOUTBOOK HP 250;

🥈2-o‘rin uchun PLANSHET Redmi Pad se 2023;

🥉3-o‘rin uchun TELEFON Redmi Global 13S.


📄 Qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanlov
nizomi orqali tanishishingiz mumkin.

❗️Eslatma: Tanlov uchun ijodiy ishlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'lgan holda taqdim etish talab etiladi
👇

👉TelegramI FacebookI YoutubeI👈
#Diqqat_tanlov
#Konstitutsiyamiz_baxtimiz_qomusi

🔱 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" shiori ostida #chellenge e'lon qiladi.

Kreativ yondoshib #chellenge tayyorlagan sinf jamoasi g'olib deb topiladi.
Shuningdek 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Siz huquqingizni bilasizmi?" nomli ko'rik-tanlov o'tkaziladi. Tanlov sharti haqida @murojaat_imbot orqali bilib olishingiz mumkin.

🎉G'oliblar 7-dekabr kuni o'tkaziladigan tadbirda munosib taqdirlanadi. Barchaga omad tilaymiz!!!

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im