Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
676 subscribers
7.03K photos
311 videos
50 files
1.25K links
Download Telegram
#Jarayon
#Yusufjon_Moʻminov_olimpiada
#Ingliz_tili

📝Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Yusufjon Moʻminov nomidagi ingliz tili olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

🔰 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator oʻquvchilari ham ishtirok etish uchun shay holda turibdilar.
✔️ Ishtirokchilar ikki soat davomida ingliz tili fani yuzasidan yozma ish va test topshiriqlarini bajaradilar.

Omad yor boʻlsin, aziz oʻquvchilar!!!

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
👏4
#Spelling_Bee
#Xalqaro_olimpiada

🔰 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator o'quvchilari SPELLING BEE
xalqaro olimpiadasida ishtirok etish uchun Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.

O'quvchimizga omad tilaymiz.

Hamisha olg'a intilinglar!!!

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
🏆6
#Diqqat_tanlov

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida "Xotira-aziz, qadr-muqaddas" shiori ostida tanlov e'lon qilinadi!!!

📝📝📝
Tanlov quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'tkaziladi:

1⃣- yo'nalish Insholar tanlovi

2⃣- yo'nalish Rasmlar tanlovi

3⃣- yo'nalish Videoroliklar tanlovi

4⃣- yo'nalish She'rlar tanlovi

Tanlovga ijodiy ishlar 7-9- may kunlari qabul qilinadi.
Yakuniy natijalar 11-may kuni e'lon qilinadi.
G'oliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.

✔️✔️✔️ Ijodiy ishlaringizni @Sarvinoza1985 telegram manziliga yuborishingiz yoki Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2-qavat A blok 15-xonaga topshirishingiz mumkin.

👇👇👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
🎉2
#SAKURO
#Xalqaro_olimpiada

🔰 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator o'quvchilari SAKURA
xalqaro olimpiadasida ishtirok etish uchun Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.

O'quvchilarimizga omad tilaymiz.

Hamisha olg'a intilinglar!!!

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
🏆7👍1
#Jarayon
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira - aziz, qadr - muqaddas" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

❇️ ❇️ ❇️
Uchrashuvda "Vatanparvar" tashkiloti Uchqoʻrgʻon tuman boshligʻi M. Norxonov, Uchqo'rg'on tuman "Harbiy faxriylarkengashi" raisi F.Jo'rsyev, tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi N.Sativaldiyev, Uchqoʻrgʻon tuman Afg'on jangchi faxriylari kengashi raisi B. Alimatovlar ishtirok etdilar.

✳️ ✳️ ✳️
Uchrashuv davomida o'quvchilar tomonida she'r va harbiy chiqishlar namoyish etildi. Bunday uchrashuvlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
👍6
#Tanlov_uchun
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

İnsho
Xotira va qadrlash
Reja:
1.İnsoniyat tarixidagi urushlar
2.Vatanparvar askarlar
3.Xotira abadiydir!
Urush...Urushning katta kichigi bo'lmaydi.Sababi hech bir urush insonlarga foyda keltirmaydi.
Tarixdagi eng buyuk,eng katta urush bu 1-va 2-jahon urushlari bo'lgan.Bu urushlar tufayli milliondan ortiq bolalar yetim qolgan,ko'plab askarlar vafot etgan,ba'zilari og'ir jarohatlangan,urush bo'lgan davlatlardagi moddiy va ma'naviy boyliklar yo'q bo'lib ketgan.1-jahon urushida qudratli davlatlar dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bosib olib,ularni o'z mustamlakalariga aylantirib oladi. 2-jahon urushining asosiy sababchisi Adolf Gitler
mag'lubiyatidan,shu davlatlardan qasos olmoqchi bo'ladi.Ammo 2-jahon urushida ham mag'lubiyatga uchraydi va o'z-o'ziga qasd qiladi.
O'zbekiston bu urushdagi g'alabaga katta hissa qo'shgan.
U frontga ko'plab turli xil portlovchi moslamalar,
samolyotlar va qurol-yarog'lar yuboradi.O'zbekistonnin qishloq aholisi frontga zarur oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlab ulkan fidoyilik ko'rsatadi.
O'zbek xalq o'g'lonlari ham
urushda jasorat ko'rstishgan.Ular Vatanlari uchun jon fido qilishga ham tayyor edilar.Erkaklar urushga safarbar etilganligi uchun qishloq xo'jaliklarida yetarli ishchi qolmaganligi tufayli ularning o'rnini ayollar va bolalar egalladi.Shunday qiyinchiliklarni ham qishloq mehnatkashlari mardona yenga oldilar.Xalqimiz ana shunday og'ir vaziyatda kun-u tun og'ir mehnat qilib front uchun,g'alaba uchun ulkan hissa qo'shdilar.
Urushda jasorat ko'rsatgan askarlarimiz ham turli unvonlarga,ordenlarga ega bo'lishdi.Ammo urushda vafot etganlar bunday taqdirlana olmasdilar.Shu tufayli bizning 1- prezidentimiz Islom Karimovning tashabussi bilan 2-jahon urush frontlarida halok bo'lganlarning xotirasiga 9-may "Xotira va qadrlash kuni" deb belgilandi.Shu tufayli 1999-yilda Toshkentning bosh maydoni-Mustaqillik maydoni yonida "Xotira maydoni" barpo etildi.Bu maydon to'g'risidagi devorlarga kitob betlari shakli o'rnatildi.Bu betlarga 2-jahon urushida halok bo'lgan o'zbekistonlik yurtdoshlarimiz nomi yozilgan.Hamda bu majmuada "Motamsaro ona haykali" ham o'rnatilgan edi.Bu ona haykalida o'g'li urushdan qaytmagan onalarning g'am-g'ussasi aks ettirilgan edi.

Uchqo'rg'on tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning 5-02 sinf o'quvchisi Mahmudjanova Layloning 9-may "Xotira va qadrlash kuni" uchun yozgan inshosi.
👍6👎6