Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
591 subscribers
6.14K photos
283 videos
45 files
1.07K links
Download Telegram
#Jarayon
#Nazariyadan_amaliyotga

⚡️⚡️⚡️
Bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biri o'quvchilar nazariy olgan bilimlarini hayotda qay darajada ishlata olishlarini o'rgatishdir.


Bizning o'qituvchilarimiz faqat ma'ruzali darslardan ko'ra o'quvchilarning amaliy ishlashlariga ko'proq e'tibor qaratadilar. Bu, albatta, ta'lim sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Jarayon
#Zakovat

📝📝📝
Bugun, 30-mart kuni
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari va Uchqoʻrgʻon tumanidagi "Kamolot" xususiy maktabi o'quvchilaridan tuzilgan 4 ta jamoa o'rtasida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

🔰🔰🔰
Juda qizg'in va hayajonli daqiqalarga boy bo'lgan bu o'yinda o'quvchilar bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Do'stona ruhda kechgan bilimlar bellashuvida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇-o'rin "Zukkolar" jamoasi (Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi)
🥈-o'rin "Liderlar" jamoasi (Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi)
🥉-o'rin "Osmondagi bolalar" (Kamolot xususiy maktab)

🏆🏆🏆
G'alaba muborak, bilimdon, zakovatli yoshlar!!!

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Jarayon
#kamondan_õq_uzish
#besh_tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning har payshanba kuni o‘quvchilar uchun Kamondan o‘q uzish to‘garak-mashg‘uloti o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

🏹Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning harbiy bilimlarga ega bo‘lib, jismoniy tomondan yanada ko‘proq chiniqishida, manzilni aniq ko‘zlab, maqsad sari olg‘a qadam bosishida katta yordam beradi.

Bugun to‘garak davomida Uchqoʻrgʻon tuman Qo'riqlash bo'limi xodimlari tomonidan o'quvchilar o‘rtasida kamondan o‘q uzish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘z faolliklari va merganlik mahoratlarini ko‘rsatishdi.

🏆 G'oliblar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

👇👇👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot