#uchrashuv
#tadbirkorlar

Kuni kecha Prezidentimiz rahbarligida sayyohlik salohiyatini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda bir qancha vazifalar belgilangan bo‘lib, Toshkent viloyatida mazkur topshiriqlarga doir ishlarni olib borish tayyorgarliklari yo‘lga qo‘yildi.

Angren shahrida o‘tkazilgan tadbir aynan turizm borasida bo‘lib o‘tgan Prezident yig‘ilishning mazmun-mohiyati, unda sohaga doir taqdim etilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan qulayliklar borasida bo‘lib o‘tdi.

“Yangiobod sanatoriyasi” majlislar zalida yig‘ilgan viloyat Turizm  va  madaniy  meros  bosh  boshqarmasi xodimlari, shahar hokimligi va sektor rahbarlari, shuningdek sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashishdi.

Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan soha vakillari uchun yaratilgan barcha sharoitlar, kredit olish tartiblari va qo‘shimcha imtiyozlar borasida tushunchalar berildi.

➡️@tvturizm_madaniymeros