#festival
#qadimiy_Iloq

Har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan Iloq etnografik festivali bugun 16-mayda Ohangaron tumanining O‘rg‘oz qishlog‘ida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Qadimiy Iloq-Shosh davlatining Qurama tog‘ etaklarida bo‘lib o‘tgan navbatdagi an’anaviy tadbirda tariximiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi, o‘zligimizni anglatuvchi konsert dasturi, turli chiqishlar, o‘lan va laparlar, milliy sport musobaqalari hamda kuy-qo‘shiqlar o‘rin oldi.

Shuningdek, mazkur festival Iloq davlati davridan bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy voqealar, o‘tmishdan hozirgacha takrorlanayotgan o‘zbek an’analarini so‘zlab berdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan bayram Toshkent viloyati hokimligi, xalqaro “Oltin meros” jamg‘armasining viloyat bo‘linmasi, madaniyat va turizm boshqarmasi, hunarmandlar uyushmasi viloyat bo‘linmasi va qator korxona-tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirildi.

Festivalda ommaviy axborot vositalari vakillari faol bo‘lishdi.

👉@tvturizm_madaniymeros
Forwarded from Шерзод Қобулов
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

O‘rg‘ozsoyda bo‘lib o‘tgan “Iloq” etnofestivali “Nurafshon TV” lavhasida

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

🌐
Web-site Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐YouTube 🌐Twitter
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (Sunnatilla G'ulomov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BO‘STONLIQ TUMANI_TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH BORASIDA SEMINAR TRENING_23.05.2023


obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshontvrasmiy
#turizm

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Toshkent viloyatining turizm hududlarida sayyohlar salohiyatini oshirish vazifasini amalga oshiradi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbektourism.uz
#tourism #Mice #Uzbekistan #Germany

“MICE” turizmini rivojlantirishda Germaniyaning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2763

Налажено сотрудничество с крупной немецкой компанией по развитию «MICE» туризма
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2763

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
Forwarded from Jamshid Babajanov
#yangi_manzil
#yoshlar_sayilgohi

“Toshkent dengizi” oromgohida yoshlar uchun "Yoshlar sayilgohi"ning ochilish marosimi o‘tkazildi


O‘rta Chirchiq tumanining "Tuyabo‘g‘iz" qo‘rg‘oni "Oltio‘g‘il" mahallasida joylashgan ushbu maskan bugun yoshlar shodligi bilan gurkiradi.

Tadbir doirasida hunarmandlar yasagan buyumlar, o‘quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan ijodiy asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, yoshlar saylida ko‘ngilochar dasturlar, Toshkent viloyati filarmoniyasining chiqishlari hamda taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari yangradi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida sovrinli bellashuvlar ham o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun: ushbu sayilgoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylarda kecha-yu kunduz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan yoshlar sayilgohlarini tashkil etish bo‘yicha berilgan topshirig‘i asosida bunyod etildi.

👉
@Dj_Babajanov
#piknik
#hordiq

Bugun joylarda piknik dam olish tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent viloyatida ham ushbu hordiq aksiyasi mazmunli tashkil etildi.

“Toshkent dengizi”da bo‘lib o‘tgan piknik aholini ochiq havoda, tabiat qo‘ynida, xiyobonlarda dam olishga chorlash va piknik madaniyatini targ‘ib qilish, turli o‘yinlar, musobaqalar orqali sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2023-yil 26-apreldagi PQ-135 sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratildi.

Piknik doirasida turli o‘yinlar, sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: piknik – tabiat qo‘ynida taomlanish, go‘zal manzarali joylar, ochiq havoda tashkil etilgan dam olish turidir.

➡️@tvturizm_madaniymeros
Forwarded from Локации uzb
Тоғ лоласи ва тоғ манзараси.
Оҳангарон тумани Янгиобод массивига яқин Қурама тоғ тизмалари манзараси.
* * * * * *
Красот гор и вид на горы
Вид на горные хребты Курама у горного массива Янгиабад, Ахангаранский район.

Фотограф : Дилмурад Джалил

📍 Локация - #Тошкент вилояти