TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.9K subscribers
9.58K photos
1.02K videos
11 files
7.62K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Rasmiy munosabat

NURAFSHON TV telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturlari orqali Toshkent viloyati Chirchiq shahri ko‘p qavatli turar joy binosi qarshisida noqonuniy qurilgan garajlardan atrof-muhitga badbo‘y hid taralayotgani yuzasidan yoritilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Chirchiq shahar, “A.Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Transformatorchilar ko‘chasida joylashgan aholi punktining umumiy foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari Chirchiq shahar, Pushkin ko‘chasi, 3-uy, 37-xonadonda yashovchi fuqaro B.M va Chirchiq shahar, Transformatorchilar ko‘chasi, 12-uy, 20-xonadonda yashovchi fuqaro K.A lar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, belgilangan tartibda joylardan ruxsatnoma olmasdan asossiz ravishda kapital qurilmalar qurilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yer qonunbuzilish holatlarini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-91-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 11-bandi talablariga asosan 15 kun muddat ichida o‘z hisobidan bartaraf etishi (noqonuniy qurilmani buzib tashlab, o‘zboshimchalik bilan egallagan yer maydonini bo‘shatib qo‘yish) to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma‘muriy jazo qo‘llanishi va noqonuniy qurilmalarni buzish uchun sudga daʼvo arizasi kiritilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Tezkor munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali "Ayb kadastrdami yoki auksiondami?" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍3
⚡️Tezkor munosabat

XALQ NAZORATI - НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali “Yerlarning talon-taroji qachon toʻxtaydi?” sarlavhasi ostida yoʻllangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, oʻrganish ishlari olib borlimoqda. Natijasi boʻyicha axborot berilishi ta’minlanadi

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Rasmiy munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali "Ayb kadastrdami yoki auksiondami?" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Aniqlanishicha, nizoli bo‘layotgan yer maydoni (avvalgi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tuzel QFY, Mirishkor MFY, Ilg‘or ko‘chasi manzilidagi noturar obyekt yer maydoni) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-326-IV-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududiga o‘tkazilgan.

Avvalgi manzili Qibray tumani, Tuzel QFY, Mirishkor MFY, Ilg‘or ko‘chasida joylashgan noturar joy Qibray tuman hokimining 2017-yil 1-fevraldagi qaroriga asosan “TARRAQIYOT G‘ISHT SAVDO” MCHJga tegishli bo‘lgan.

Biroq, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 27.10.2020 yildagi hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi tomonidan 16.04.2024 yilda yuqoridagi manzilda joylashgan noturar bino-inshootlar elektron-auksion savdolariga chiqarilib, elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi 14.07.2024 yilda berilgan bayonnomaga ko‘ra, fuqaro X.Aga sotilgan va fuqaro X.A nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunga kelib, ushbu obyekt 24.03.2023 yildagi oldi-sotdi shartnoma asosida fuqaro S.V nomiga rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Nizoli bo‘layotgan mazkur noturar joy obyekti yaʼni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Istiqlol MFY, Zukkolar ko‘chasi, 44-S uy manzilidagi noturar joy obyekti yer maydoni bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Yuqori Chirchiq tuman filiali tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi hamda ayni paytda mazkur nizo yuzasidan sud ishi davom etayotgani sababli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning imkoni yo‘qligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
🤩2
⚡️Rasmiy munosabat

XALQ NAZORATI - NARODNIY KONTROL Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali “Yerlarning talon-taroji qachon to‘xtaydi?” sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Aniqlanishicha, 09.09.2009, 18.09.2009, 23.07.2010 hamda 06.10.2010-yillardagi oldi-sotdi shartnomalariga asosan sotib olingan ko‘chmas mulklarga nisbatan Qibray tuman hokimi tomonidan 15.01.2013-yilda tasdiqlangan qarorga muvofiq, “ASFAR COMPANY LTD” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga qarashli noturar joy bino-inshootlari egallagan yer maydoni jami 1,8667 gektar etib belgilangan.

Shuningdek, Qibray tuman hokimining 30.04.2021-yildagi qaroriga asosan “ASFAR COMPANY LTD” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga yangi sug‘orish tarmog‘i hamda korxonaga tegishli hudud orasida joylashgan ariqning eski o‘zani o‘rnidan iborat 0,346 gektar yer maydoni obodonlashtirish uchun biriktirib berilgan.

O‘rganish davomida obodonlashtirish uchun ajratilgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 123q-konturda joylashgan 65,4 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yeri ekanligi aniqlanib, MCHJ tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar huquqiy baho berishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborilganligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Bo‘ka tumani, Jo‘raobod MFYda yashovchi fuqaro tomonidan yo‘llangan murojaat Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Bo‘ka tumani, Jo‘raobod MFY, Guliston ko‘chasida joylashgan xonadon yon qismiga tutash 1100 kv metr yer maydoni fuqaro J.A tomonidan o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi, holat yuzasidan Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limmi tomonidan tegishli tartibda ogohlantirilib, Majburiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-modda 3-qism bilan jarimaga tortilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘rganish xulosasiga ko‘ra, murojaatda qayd etilgan holatda Kadastr agentligi Bo‘ka tumani bo‘limi o‘z vakolatlari doirasida ish ko‘rganligini maʼlum qilamiz.

#rasmiy_munosabat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Zangota IIB si kim tomonu toshkent tumani IIB sizchi" nomli murojaat eʼlon qilindi. Murojaatda toshkent viloyati, Zangota tumani, Qatortol MFY da yashovchi fuqaro Z.P tomonidan yashirincha kadastr hujjatlari tayyorlanib, qaynonasi S.K ga tegishli yer o‘zlashtirib olinayotganligi taʼkidlangan.

Davlat kadastrlari palatasi toshkent viloyati boshqarmasi ushbu murojaatni o‘rganib chiqdi va quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda aytilayotgan yer uchastkasi vazirlar mahkamasining 461-son "O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi" doirasida mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan berilgan dalolat nomasiga asosan fuqaro Z.P ga egalik huquqi eʼtirof etilgan, hamda ushbu huquqqa asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yer bo‘yicha kelib chiqqan nizolar yer kodeksining 89-moddasiga asosan sud o‘ngirlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
1
⚡️Rasmiy munosabat: noqonuniy qurilma bartaraf etilmoqda

Blogger Abdullayev tomonidan "Noqonuniy o‘rab olib daraxtni yopib olganini nahot ko‘rmagansizlar?" deb yo‘llangan murojaat yuzasidan kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Chirchiq shahar 3-kichik nohiya hududidagi 45-uyning oldida o‘zboshimchalik bilan qurib olingan noqonuniy qurilma bugun Kadastr Agentligi Chirchiq shahar bo‘limi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Chirchiq shahar bo‘limi va Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Chirchiq shahar bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan nazoratga olinib, ushbu noqonuniy qurilmaning bartaraf etish ishlari taʼminlamoqda.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

Olim Sulaymonovning YouTube orqali 2018-yilda Fanlar akademiyasining 30 ta olimlari uchun qurib topshirilgan uylarning kadastri chiqmay kelayotgani tanqid qilinib, yo‘llagan murojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Genetika va o‘simliklarni eksprimental biologiyasi instituti balansidagi Toshkent viloyati Qibray tumani xududida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida fanlar akademiyasining ilmi-tadqiqot muassasalari va boshqaruv aparati xodimlari uchun ko‘p qavatli turar joy va 30 ta kottedj binosi qurilgan yer maydoni yaʼni Toshkent viloyati Qibray tumani “Do‘rmon” massivi 2018-yil xatlovining qishloq xo‘jaligi xaritasiga ko‘ra, 4761-konturida jami 17,31 gektar, shundan 11,38 gektar sug‘oriladigan, 2.36 gektar bog‘lar, 0.09 gektar ixota daraxtlari, 0,84 suv osti yerlari, 0,17 yollar, 0,9 gektar qurilishlar ko‘chalar saroylar, 1,57 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar etib belgilangan.

4776-konturida jami 1,04 gektar shundan 1,0 gektar bog‘lar, 0,04 suv osti yerlari etib belgilangan.

⚠️Yuqorida qayd etilgan, 4761-4776-konturda joylashgan yer xarita maydoni qishloq xo‘jaligining sug‘oriladigan yerlar toifasi etib belgilangan.

Shuningdek, 4761-4776-konturlari qismlarida qurilishlar (kotej) mavjud bo‘lib, mazkur qurilmalarga nisbatan kadastr pasportini shakllantirish uchun avvalo qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer toifasini aholi punktlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga o‘zgartilirgach murojaat qilinishi maqsadga muvofiq.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
⚡️Rasmiy munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Nomdanak MFY, Kamalak ko‘chasida joylashgan yakka tartibdagi turar joy noqonuniy qurilib, aholining Tuyabo‘g‘iz suv omboriga tushish joylarini noqonuniy o‘rab olayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, murojaatda qayt etilgan bino va inshootlarga nisbatan tuman hokimining 2010-yil 30-martdagi tegishli qaroriga asosan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan hamda egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bu kabi nizoli holatlarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilishlik maqsadga muvofiqligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Maslaboy hududida amalga oshirilayotgan qurilish haqida tarqalgan xabar yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma‘lum qiladi.

Toshkent viloyati, Masalboy hududi, Nurhayot ko‘chasi, Vatanparavar ko‘sasi, 33-uy Xalq deputatlari Masalboy qishloq kengashi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishining 1993-yildagi tegishli qarori bilan R.A nomiga 0,10 gektar yer uchastkasi ajratilgan.

Mazkur yer uchastkasiga nisbatan 2022-yildan 2024-yilga qadar bir qancha notarial harakatlar amalga oshirilib, bugungi kunda oldi-sotdi shartnomasiga asosan uy-joyning 419 kv metr bo‘lgan qismi A.K va uyjoyning 310 kv metr qismi A.K egalik qilmoqda

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
1👍1👏1
⚡️Rasmiy munosabat:

“Hurriyat” gazetasida “Zilzilani o‘rganmasa ham bo‘laveradimi? yoki O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchi olimlari nimadan norozi bo‘lishmoqda?” nomli maqola chop etilgan bo‘lib mazkur maqola yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Maqolada qayd etilgan holat yuzasida Kadastr agentligining Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan noqonuniy qurilayotgan qurilmalar yuzasidan ogohlantirish xatlari berilganligini hamda tegishli choralar ko‘rilishini maʼlum qilamiz.

Yuqorida qayt etilgan holat yuzasidan geomagnit maydon variatsiyalarini o‘lchash va «GPS-GNSS» stansiyalari yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘limlari tomonidan o‘rganilishi maqsadga muvofiq.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
1👍1
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llangan Chirchiq shahri, “Yoshlik” MFY, Sh.Rashidov ko‘chasi, 31-uy manzilida joylashgan yer maydoni o‘zboshimcha egallanganlik holati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Unga ko‘ra, Qibray tumani, “Chinobod” MFY, Oxunboboyev ko‘chasi, 2-uyda yashovchi fuqaro F.D tomonidan murojaatda qayd etilgan manzilda joylashgan avvalgi “Kosmos” do‘koni noturar joy binosi old qismidagi umumiy foydlanishdagi yer maydoni o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan o‘n besh kunlik muddat ichida noqonuniy holatni o‘z hisobidan bartraf etish, aks holda aniqlangan holat bo‘yicha noqonuniy qurilmani bartaraf etish (bo‘shatish) to‘g‘risida sudga daʼvo arizasi kiritilishi to‘g‘risida rasman Ogohlantirish xati berilganligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Rasmiy munosabat:
Kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun kadastr idoralariga borish talab etilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Chirchiq shahar bo‘limi binosiga kirishda muammolar kuzatilayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

1. Kadastr idorasiga borish shartmi?
Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 20 dan ortiq kadastr xizmatlari raqamlashtirilgan bo‘lib, ular Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilmoqda.

Bu esa fuqarolarning bevosita kadastr idoralariga tashrif buyurishini talab etmaydi.

2. Kadastr idorasiga nega turniket o‘rnatilgan?
Davlat idoralariga kirish chiqishning o‘z talablari bor. Kadastr binosida jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari to‘g‘risidagi qolaversa, jamiyat va davlat ahamiyatidagi ma’lumotlar saqlanadi. Aynan shu sababdan ham mazkur binolarga tegishli tartibda kirish talab etiladi.

3. Xodimlar xonasida o‘tirib ishlamaydi.
Kadastr xodimlarining asosiy ishi xatlov, o‘lchov ishlarini olib borish, yer va kadastr nazorati tadbirlarini o‘tkazish hisoblanib, asosiy ish vaqti xonada emas, balki joylarga chiqqan holda sarflanadi.

Yuqoridagi kabi holatga duch kelmaslik uchun Kadastr agentligining - 1097,
Toshkent viloyati boshqarmasining - (71) 502-02-07 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Telefon orqali berilgan og‘zaki murojaatlar ham yozma murojaat maqomiga ega hisoblanadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llangan Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, “Sputnik” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati aholisining murojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Aniqlanishicha, Olmaliq shahar, Usmon Nosir MFY hududida joylashgan “Sputnik” bog’dorchilik-uzumchilik shirkati “Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati” tarkibida 1982-yilda tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2011-yildagi “Bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlari to’g’risidaggi nizomni tasdiqlash haqida”gi 51-sonli qaror talablariga muvofiq, “Sputnik” bog’dorchilik-uzumchilik shirkati nizomi qayta ro’yxatdan o’tkazilmagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.2024-yildagi 937-sonli qonuni ijrosi yuzasidan o’tkazilayotgan xatlov ishlari reja-jadvalga asosan “Usmon Nosir” MFY hududida 03.07.2025-yildan xatlov ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, Qonunining 1-moddasi 5-qismiga muvofiq, fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga nisbatan huquqlarni e‘tirof etish belgilangan.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍5
⚡️Rasmiy munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Nomdanak MFY, Kamalak ko‘chasida joylashgan yakka tartibdagi turar joy noqonuniy qurilib, aholining Tuyabo‘g‘iz suv omboriga tushish joylarini noqonuniy o‘rab olayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, murojaatda qayt etilgan bino va inshootlarga nisbatan tuman hokimining 2010-yil 30-martdagi tegishli qaroriga asosan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan hamda egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bu kabi nizoli holatlarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilishlik maqsadga muvofiqligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️Rasmiy munosabat

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek mavzesi “Kattaittifoq” mahallasi, “Alimbuva” ko‘chasi 44a- xonadonda yashovchi fuqaroning ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonilan o‘rganilib, ariq va kanallardan samarasiz foydalanilishi va ularning betonlanishi yuzasidan joylardagi Suv xo‘jaligi bo‘limlariga murojaat qilinishi maqsadga muvоfiqligi maʼlum qilinadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#rasmiy_munosabat
Chirchiqlik otaning uy hujjati bo‘yicha murojaati ijobiy hal etiladi

Ijtimoiy tarmoq orqali chirchiqlik otaxonning uy hujjatlarini rasmiylashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgani aytilib, yo‘llangan murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Chirchiq shahri, Guliston MFY, To‘la ko‘chasi 20-uyda yashovchi fuqaro S.R tomonidan ariza yuborishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yildagi 186-son qaroriga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish pullik xizmat asosida amalga oshirilib kelinadi.

Yuqoridagi holatda esa fuqaro tomonidan "bepul xizmat" asosida ariza yuborilgan.

Fuqaro bilan suhbat davomida kadastr xizmatini ko‘rsatish tartibi tushuntirilib, hujjatlari to‘liq o‘rganildi va belgilangan tartibda ariza yuborildi. Ayni paytda murojaatchi arizasi boshqarma tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ijobiy hal etilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
👍51👏1🤩1
Rasmiy munosabat

Kadastr agentligi Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan “Yoshlik” MFY, Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylar birinchi qavatida joylashgan noturar joylar o‘rganilganda, mazkur noturar joy mulkdorlari o‘zboshimchalik bilan oynavand vitraj o‘rnatilgan holatlari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 7-noyabrdagi 581-sonli Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekisining 159-moddasi 3-qismiga asosan ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish, uylarning tutash xududa joylashgan umumiy foydalanishdagi joylarga qo‘shimcha oynavand qurilma qurib olganliklari bo‘yicha Toshkent viloyati hududiy qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqligini maʼlum qilamiz.

🔖Ma‘lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi 183-sonli davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish nizomini tasdiqlash to‘g‘risida qaroriga asosan murojaatda keltirilgan holatlarda kadastr o‘rganish olib borish vakolatiga ega emas.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Kadastr ageniligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan Chirchiq shahri “Muruvvat” mahallasidagi A.Ikramov va Abadiyat ko‘chalari oralig‘ida joylashgan noqonuniy qurilma yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaro S.T ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtrilib, qurilmalarning joyining o‘zida fuqaro tomonidan bartaraf etilishi taʼminlandi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
2