TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.39K photos
914 videos
10 files
6.75K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanali YouTube kanalidagi "Bo‘stonliq tumani. Fuqaro nega kadastr xodimini urib tashladi" nomli videomaterialda Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Kadastr agentligi faoliyatiga eʼtiroz bildirgani va kadastr xodimi qo‘shni bilan til biriktirgan holda noholis o‘rganib, murojaatchiga tegishli yerini qo‘shniga o‘tkazib yuborganligi taʼkidlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Viloyatda 40 mingdan ortiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Joriy yil boshidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha respublika miqyosida jami 574 073 ta ariza kelib tushgan. Shundan 362 223 ta ariza ijobiy yakun topgan.

📈Toshkent viloyatida mazkur yo‘nalishda 76 657 ta kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 264 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlangan.

#infografika #statistika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi

2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

anfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:

🔹davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;

🔹Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.

📄 2024-yil 1-oktyabrgacha manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlanadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq
🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

👉 Manba

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati
⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (10 200 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (9 180 ming so‘m).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyo‘l tuman aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganildi

#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: Ohangaron shahri

📍Kadastr agentligi Ohangaron shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Ohangaron shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Xalmatov Javlon Xalmuradovich
Filial rahbari - Qo‘shmatov Farxat Rinatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati,Ohangaron shahri, Shodlik ko‘chasi, 1-kichik nohiya, 1-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-645-18-09
#bizningmanzillar #Ohangaron
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan "Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Chinoz tuman filiali ma‘muriy binosi qurilishi" yuzasidan 4,23 mlrd.so‘m boshlang‘ich narx bilan eʼlon qilingan tanlov va mazkur tanlovda ishtirok etgan qurilish tashkilotlari yuzasidan Kadastr agentligi Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi hamda Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ravishda maʼlumot taqdim etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xodim mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga maʼlum bo‘lganda rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga xabar berishi shart

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga maʼlum bo‘lib qolgan paytdan eʼtiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘ldirishi va o‘zining bevosita rahbariga (tashkilot rahbariga – yuqori turuvchi rahbarga) yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shart, agar:

🔹yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo‘ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo‘lsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa;

🔹u o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo‘lsa;

🔹yaqin qarindoshi tekshiruv o‘tkazilayotgan obyektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha masʼul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo‘lsa yoki mazkur tekshiruv obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo‘lsa;

🔹boshqa har qanday mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga maʼlum bo‘lib qolsa.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qõygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

📗Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan
▫️umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xo‘jalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish
▫️huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Huquqiy asos: O‘RQ–803, 06.12.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati
⚡️O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish

Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi

🔖Arizaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi

🖥Markaz servitutni ro'yxatdan o'tkazadi, tegishli reyestrdan ko'chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi

✉️Markaz QR-kod (shtrixli kod) qo'yilgan ko'chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo'natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi

✔️O'zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko'chirmani ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida

Xizmat ko‘rsatish muddati - 1 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1,25 baravar miqdorida (425 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 1,125 baravari (382 500 ming so‘m).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔖Servitut — ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasining qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan "Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Chinoz tuman filiali ma‘muriy binosi qurilishi" yuzasidan eʼlon qilingan tanlov va mazkur tanlovda ishtirok etgan qurilish tashkilotlari yuzasidan quyidagilar malum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2022-yildagi PQ-405-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, Chinoz tuman filialiga yangi bino qurilishi belgilangan.

Joriy yilning 4-iyunida pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida “E-tender” platformasiga joylashtirilgan va tanlovning 1-bosqichida 3 ta qurilish tashkiloti (talabgor) "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ, " INVEST EVEREST" MCHJ va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJlar ishtirok etgan va baholangan. Shundan 2 ta talabgor yaʼni "MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR" MCHJ (70 ball) va "TO‘LABOY YOG‘DUSI" MCHJ (70 ball) tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022-yildagi 46-son qaroriga muvofiq, platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq g‘olib va zaxiradagi g‘olib avtomatik ravishda aniqlanadi.

Agar talabgor natijalarini hisoblash jarayonida umumiy ballar bir xil bo‘lsa, eng birinchi bo‘lib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) talabgor g‘olib etib belgilanadi.

Tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar o‘rtasida 2024-yil 11-iyunda 24120012366908-son bayonnoma rasmiylashtirilib, “MUSTAHKAM DAVR QURILISH-TA‘MIR” MCHJ g‘olib deb topilgan.

Hozirda, “E-tender” platformasi orqali 2024-yil 11-iyunda shakllangan 24120012366908-sonli bayonnoma 48 soatli muhokama jarayonida ekani maʼlum qilinadi.
(Muhokama jarayoni 13-iyun kuni soat 00.00 da yakunlanadi).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda servitut bekor qilinadi ?

Javob
:
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

🔹servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
🔹yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;
🔹servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
🔹servitutning amal qilish muddati tugaganda;
🔹agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;
🔹qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

❗️Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Huquqiy asos:
O‘RQ–871, 23.10.2023-y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali “Tutzor” MFYda istiqomat qiluvchi aholining Toshkent viloyati Toshkent tumani, Tutzor MFYda joylashgan tadbirkorga tegishli bo‘lgan qurilmadan noroziligi yuzasidan yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️Rasmiy munosabat

Toshkent tumani Tutzor MFYda istiqomat qiluvchi aholining Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida toshkent tumani Tutzor MFY, Qadrdonlar ko‘chasi, 1-uy manzilidagi 1174 kv.m yer maydoni Toshkent tuman hokimining 2015-yil 20-apreldagi 374-sonli qaroriga asosan fuqaro M.S ga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan biriktirilib berilganligi hamda umumiy foydalanish maydoni 316,23 kv.m bo‘lgan qurilmalari davlat ro‘yxatidan o‘ztkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Ayni paytda qurilmalarga egalik qiluvchi shaxsning boshqa viloyatda ekanligi sababli qurilma loyihalari va boshqa tegishli hujjatlar bilan tanishib chiqishning imkoni cheklangan.

Holat yuzasidan fuqaro bilan bog‘langanda, fuqaro tez kunlarda Toshkent viloyatiga qaytishi va bino inshootga tegishli hujjatlarni taqdim etishini maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan qurilmalarning o‘zboshimcha egallangan qismi bo‘yicha fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respbulikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlari bilan tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM