TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#huquq

⚡️Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga haqli

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.

Asos: Yer kodeksi 17-moddasi beshinchi qismi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun viloyat markazlarida to‘lov miqdori qancha ?
Anonymous Quiz
43%
yer solig‘ining 10 baravari miqdorida
44%
yer sodig‘ining 5 baravari miqdorida
14%
yer solig‘ining 15 baravari miqdorida
#huquq #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

🔹yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

🔹aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔹yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔹arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️XON ATLAS- MILLIYLIGIMIZ KO‘RKI, ZIYNATI

Xalqimizning go‘zal qadriyatlari, milliyligi ramzi sifatida xon atlasimiz mashhur va maʼlum. Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Xon atlas” festivali ana shu qadriyatga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana-da oshirmoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan boshqarma hamda hududiy bo‘lim xotin-qizlar jamoasi ham bu yilgi festivalga o‘zgacha ko‘tarinki ruhda ishtirok etishdi. Milliy obidalarimiz, qadimiy ziyoratgohlarga milliy libosda sayohat uyushtirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Oʼrtachirchiq

⚡️Bizning manzillar: O‘rta Chirchiq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Umirzaqov Uchqun Sayidrahimovich
Filial rahbari - Rasulov Farxod Sobirovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-30

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq

⚡️Xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytirilmoqa

Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisida O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunlar muhokama qilindi.

Unga koʼra, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda va mazkur Qonunda

🔹xususiy mulkka bo‘lgan huquqlar daxlsizligi, tadbirkorlik subyektlari manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash;

🔹hech kim sud qarorisiz, qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi;

🔹uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati, u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanishi belgilanmoqda.


✍️Qonun xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar hamda shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Oqqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 17-aprel kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, Birlik MFY, Oybek ko‘chasi, Davlat xizmatlar markazi binosi zali.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida quyidagi holat aniqlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2018-yildagi tegishli qaroriga Tinchlik shirkati xo‘jaligi boshqaruvining 21.01.1998 yildagi №1-sonli qarori asos qilinib, Yangiyo‘l tumani “Tinchlik” massivi Tuya-bo‘g‘iz M.F.Y.dagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 157-konturda joylashgan jami 1,62 gektar, shundan 1,40 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoniga 7 nafar fuqaroga nisbatan egalik huquqi berilgan va ushbu yer maydonida fuqarolar tomonidan qurilishlar amalga oshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli choralar qo‘llanilgan.

Biroq, yuqoridagi holatdan tegishli xulosa chiqarmagan shaxslar, 2023-yilda o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzib tashlangan bo‘lsada, mazkur yer maydonlarini notarial tartibda oldi-sotdi qilib, begonalashtirib yuborganligi aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

⚠️Mazkur holatda fuqarolar tomonidan qurilish ishlari olib borilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Sug
‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

❗️Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 9-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
Anonymous Quiz
12%
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
80%
Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
8%
Davlat zaxiralarini boshqarish agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jinoyat #ogohlik

⚡️Toshkent viloyatida yerlarni noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi

📎Xususan, Oʻrta Chirchiq tumanida maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 2 nafar shaxs Ohangaron tumanidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan MCHJga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida berilgan 96,6 gektar yaylov yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, chorvachilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 70 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📍Shuningdek, Ohangaron va Toshkent tumanlarida ham shu kabi holatlar aniqlangan.

Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM