TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.79K subscribers
8.35K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Zaxiradagi 60 ming gektar yer onlayn auksion orqali yoshlarga ijaraga beriladi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2024-yildagi PQ-153-sonli qaroriga ko‘ra,

🔹tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

✔️60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bunda:
🔹yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

🔹zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida belgilanadi.

❗️Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #dehqonxoʼjaligi #PQ20

⚡️DEHQON XO‘JALIGI YERLARI ENDI AUKSIONDA !

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 153 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 126 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 111 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 37 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 275 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 101 ta (ko'rish)
▪️Zangiota tumanida 49 ta (ko'rish)
▪️Yuqorichirchiq tumanida 68 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 79 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 8 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 201 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 195 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 139 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 242 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 36 ta (ko'rish)

‼️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

⚡️Talabalar kadastr idoralarida amaliyot o‘tashmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmasida ham tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

Ayni kunlarda Oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar maktablari va texnikumlarning yer kadastri, geodeziya va topografiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari rahbar va mutaxasisslariga biriktirilib, ustoz-shogird tamoyili asosida amaliyot o‘tashmoqda.

60 dan ortiq talabaga amaliyot markazi bo‘lib xizmat qilayotgan kadastr idoralarida tanishuv, malakaviy, o‘quv, ekskursion, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlari uchun sharoitlar to‘liq yaratilib berilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

⚡️Ramazon hayiti 10-aprel kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yer ajratish tartibi qanday ?
Anonymous Quiz
15%
Mahalliy xokimliklar qarori asosida
3%
Tanlov asosida
76%
Onlayn auksion asosida
6%
Bexabarman
#eslatma
⚡️Xodimlar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun ketma-ket dam olishadi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

🔹10 aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;
🔹11 aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔹12 aprel, juma — 13 aprel, shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.


Shuningdek,
🔺 13 aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
🔹 14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish kelishuv yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi

Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: VM-424, 25.08.2024-yil.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Bekobodshahri

⚡️Bizning manzillar: Bekobod shahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bekobod shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bekobod shahar filiali

Bo‘lim boshlig‘i - Razokov Jamshid Inomovich
Filial rahbari - Karimov  Xasan O‘ktamjon o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Bekobod shahar, Tinchlik MFY, 3-daha, 19-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70 214-15-54

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

⚡️9-aprel – Sohibqiron Amir temur tavallud topgan kun

Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.

Amir Temur har jihatdan zamonasining komil kishisi bo‘lib, nafaqat siyosat bobida, balki insoniy munosabat, ilm va maʼnaviyat masalasida ham beqiyos fazilatlar sohibi edi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish Komissiya yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

Asos: O‘RQ-803, 28.11.2022-yil.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⚡️Kadastr raqami qanday maʼnoni anglatadi ?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda,

🔹 АА - viloyat raqami;
🔹 ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
🔹 СС - kadastr zonasi raqami;
🔹 DD - kadastr massivi raqami;
🔹 ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
🔹 FFFF - yer uchastkasi raqami;
🔹 GGGG - bino, inshoot raqami;
🔹 ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.


‼️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Obyektning kadastr raqami —
yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga, 10 - aprel — Ramazon hayiti bayrami, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 9-aprel kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqon xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasini oldi sotdi qilish mumkinmi?
Anonymous Quiz
28%
Ha, albatta
72%
Yo‘q, mumkin emas
#muhim
⚡️Hujjati yo‘q 24 sotixgacha bo‘lgan yer uchastkalariga ijara huquqi belgilanadi!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Unda

🔹ko’chmas mulkka bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarning Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etilishi;

🔹O’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini eʼtirof etishda jismoniy shaxslarga yer hajmi 24 sotixgacha;

🔹yuridik shaxslar uchun esa chegara belgilanmaganligi

muhofaza etiladigan, qurilish taqiqlangan hududlardagi yer uchastkalariga nisbatan esa egalik huquqi rasmiylashtirilmasligi ta’kidlandi.

❗️Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo’ldi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
⚜️ Ezgulik nurlariga to'lgan Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram