TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.7K subscribers
8.46K photos
917 videos
10 files
6.82K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#Boʼka #yernazorati

⚡️Tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang !

🔎 Bo‘ka tumani Jag‘albayli MFY, Markaziy ko‘cha, Y.Xojimetov massivida davlat zaxirasiga tegishli bo‘lgan yer maydoni fuqaro Z.I tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, yer uchastkasiga nisbatan qonuniy hujjatlai mavjud bo‘lmagan holda foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

✔️Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tegishli tartibda maʼmuriy bayyonnoma rasimylashtirilib, qurilmaning bartaraf etilishi taʼminlangan.

📌 Yo‘l bo‘ylarida mavsumiy tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ko‘chma savdo joylarini barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda, davlat organlari va inson omilisiz, elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tizimi yaratilganligini va savdo uchun mo‘ljallangan joylarni e-auksion.uz portali orqali olishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

❗️Ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.

Shundagina sizning faoliyatingiz qonuniy va dahlsiz bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Boʼka

⚡️Bo‘ka tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼka_tumani #yernazorati

⚡️Bo‘ka tumanida aniqlangan noqonuniy qurilmalar

🔎 Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tuman hududida o‘zboshimcha egallangan yerlar hamda noqonuniy ravishda qurib olingan qurilmalar aniqlandi.

Tadbir davomida holat yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirish xati berilib, mahalliy aholiga yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi ҳамда yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼka_tumani #OAV_biz_haqimizda #brifing

⚡️Bo‘ka tumanidagi mavjud 77 ta maktab, 21 ta maktabgacha taʼlim muasassalari hamda 483 ta ijtimoiy soha obyektlari maʼlumotlari o‘rganilib, Uzkad tizimga kiritilishi taʼminlandi.

Bu haqida Davlat kadastrlari palatasi Bo‘ka tuman fliali rahbari F.Tojiqulov maʼlumot berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Boʼka #rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

NazoratUz | Rasmiy kanaliga mazkur kanal kuzatuvchilaridan Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Parkent mahallasida joylashgan haykal atrofidagi yer fuqaro tomonidan egallab olingani mazmunida yuborilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Bo‘ka tumani Parkent MFY Markaziy ko‘chada o‘rnatilgan "Nomaʼlum askar" haykali va unga tutash bo‘lgan yer maydoni Madaniy meros agentligiga qarashli bo‘lib, bugungi kun holatiga mazkur yer maydonlari haqiqatda fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan yog‘och to‘siqlar bilan o‘rab olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs bilan suhbat olib borilib, uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Bundan tashqari, holat Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan rasmiylashtirilib, bartaraf etilishi taʼminlanishini maʼlum qilamiz.

❗️Shuningdek, fuqarolarimizdan shu va shu kabi holatlarga guvohi bo‘lganlarida Kadastr agentligining hududiy bo‘limlariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM