TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi #Toshkent_tumani

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Toshkent tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#UZKAD #Toshkent_tumani

⚡️Toshkent tumani maktablarini UZKAD dasturiga kiritish ishlari yakunlandi

Avval xabar qilganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy soha obyektlarini tizimga kiritish ishlari boshlangan edi.

🔹Unga ko‘ra, tumanda jami 31 ta maktab majvud bo‘lib, shundan 27 tasi filial tomonidan dasturga to‘liq kiritilishi taʼminlangan, 4 ta maktab maʼlumotlarida esa xatoliklar aniqlangani uchun dasturga kiritishning imkoni hozirda mavjud emas bo‘lib turmoqda.

💻 Ayni paytda mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tomonidan viloyat maktablarini dasturga kiritish ishari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent tuman filialiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #tayinlov

Xoldorov  Otabek Karim o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent tuman filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Xoldorov  - 1992-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 2018-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexonizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman filiali bosh muxandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Otabek Xoldorovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilish holati Toshkent tumanida

⭐️Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning Fayzobod MFY TXAY yoqasida joylashgan 1500 m² yer maydoni fuqaro M.B tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, foydalanib kelinayotgani holati aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan rasmiy ogohlantirish xati berilib, bo‘lim tomonidan to‘liq nazoratga olingan va noqonuniy holat bartaraf etilish taʼminlangan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Toshkent tumanida navbatdagi noqonuniy holat ihtiyoriy bartaraf etildi

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning Bunyodkor MFY, 20-tor ko‘cha, 17A-uyga tutash bo‘lgan yer maydoni fuqaro D.I tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 80 m.kv yer maydonda omborxona qurilgan holati aniqlandi.

Qurilma bo‘lim tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng fuqarolar tomonidan belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

📌Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Toshken tuman bo‘limi tomonidan jami 8,48 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Kadastr agentligining Toshkent tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan nazorat tadbirlarida jami 8,48 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari anqilangan. Shundan

🔹5,91 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash,
🔹2,57 gektar yerlardan maqsadsiz foydalanish va
🔹0,14 gektar yer maydonlarida ruxsatsiz qurilishlar qilish holatlaridir
.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM