TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
912 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #bilasizmi

⚡️Endi xususiy mulkni elektron auksion orqali sotish mumkin

Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023 y.) tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

🔹narxni oshirib borish tamoyili asosida;
🔹eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

❗️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🔹savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🔹to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

⚡️Savol:
- Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Javob
:
- Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va bo‘lish tartibi belgilandi

Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun shaxs my.gov.uz, Davlat xizmatlari markazi yoki Kadastr agentligining veb-sayti orqali ariza yo‘llaydi.

✍️ Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali 10 kun ichida joyiga chiqqan holda ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganib, abris tayyorlaydi va ko‘chmas mulkning yangi chegaralarini belgilash haqida dalolatnoma tuzadi.

🔑 Dalolatnoma ko‘chmas mulklarning mulkdorlari tomonidan ERI orqali tasdiqlanadi va dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) bo‘limiga yuboriladi.

📨 Bo‘lim tomonidan 3 kun ichida kelishiladi. Kelishilgan dalolatnoma murojaatchiga yuboriladi.

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM405

⚡️Kimlar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023 yildagi 409-sonli qaroriga muvofiq, endilikda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning har uch yilda kamida bir marta malakasi oshiriladi.

Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

‼️Oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔰Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

🚫 Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.

📌 Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

▶️ Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

📄 Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘ladi.

📁 Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.

🏢 Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Harbiy sud nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

🗓 Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so'ng tasdiqlanadi

“Ko'p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.)ga ko'ra,
respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko'p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan:

🔹ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🔹majburiy badallarning yoki to'lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🔹agrotexnik ishlov berishdan hosil bo'ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo'lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to'plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig'ishga ruxsat etiladi.

‼️ Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to'lov muddati 2024 yil 1 oktabrgacha kechiktiriladi.

✔️ Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo'shimcha vakolatlar beriladi:

▫️ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

▫️ko'p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta'mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibidan xabardormisiz ?

✔️Faqatgina bir yil va undan ortiq muddatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔹shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.

🔹shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

‼️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin !

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

🚫 Agar Yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra,

✔️Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

🔹Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

🔹 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

🔹 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚡️ YANGI YILINGIZ BILAN!

Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!

Sizni kirib kelayotgan yangi - 2024 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz.

Yangi yil ulkan zafarlar, yaxshi hushxabarlar, omad, farovonlik va muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mediasavodxonlik

Yolg‘on xabar va noqonuniy maʼlumotlarni bo‘lishish uchun ham javobgarlik borligini bilasizmi?

❗️Har qanday axborotni tarqatishdan avval manbaning ishonchligini tekshiring. Feyk va dezinformatsiyalardan yiroq bo‘ling! Бу нафақат сизнинг ҳуқуқингиз, балки жамият олдидаги бурчингиз ҳамдир.

Bu
nafaqat sizning huquqingiz, balki jamiyat oldidagi burchingiz hamdir.

📹Batafsil videoda tanishing.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KO'P UCHRAYDIGAN MUAMMO

💬Yangi qurilgan ko’p qavatli uylardan sotib olgan fuqarolar quruvchilardan uyni hujjatlarini rasmiylashtirishni so’raganda “Kadastri chiqmayapti” degan javob olishar ekan.

⁉️Bu qanchalik to’g’ri? Yangi qurilgan ko’p qavatli uylarni qurilishi va topshirlishida Kadastr idoralari qanday ishni amalga oshiradi?

🌟 Kadastr agentligi boshqarma boshlig’i Begzod Nishonov ushbu savolga javob berdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Servitut — o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi yaʼni qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram