TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.89K subscribers
9.29K photos
985 videos
11 files
7.38K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#tabrik

⚜️ Qurbon hayiti muborak bo‘lsin !

Muhtaram va aziz yurtdoshlar!

Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yana-da mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Siz azizlarni hamda siz orqali oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizni o‘zida islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etuvchi bayramimiz Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga oilaviy baxtu saodat, sihat-salomatlik, dinu dunyo ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Kelasi shu oy, shu kunlarga sog‘-salomat, ilmu taqvoda ziyodalik bilan yetib borishlikni nasibi ro‘z aylasin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#mustaqillik #tabrik

⚜️ Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Muhtaram va aziz yurtdoshlar!

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi jamoasi sizlarni eng aziz va eng ulug‘ bayram - Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan chin dildan qutlaydi!

Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar hamisha yor bo‘lsin!

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin
!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚡️26 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi jamoasi bugungi sana munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati tizimining barcha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

⚜️1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni

1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosababti bilan
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, tashabbus ko‘rsatayotgan, fidokorona mehnat qilib, jamoada tashkilotchilik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etib kelayotgan faxriy hodimlar Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyevning Tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚜️1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Aziz ustozlar!
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar!

Sizlarni, 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Ustozlik maqomi juda ham oliy saodat. Bizga saboq bergan, hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizga ko‘mak bergan muxtaram ustozlarimizni doimo eʼzozlaymiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚡️25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

👮‍♂️Ichki ishlar idoralarining huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida islohotlar barqarorligini taʼminlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak eʼtirofga loyiq.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi o‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mard va sadoqatli, haqiqiy vatanparvar yurt posbonlarini “25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Tizim xodimlarining kelgusida xizmatlarida hamda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek maʼsuliyatli vazifangizda tole yor bo‘lishini tilab qoladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram