TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.83K subscribers
8.32K photos
910 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#Piskent

⚡️Yangi bino piskentliklar uchun xizmatda !

Bugun yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Piskent tuman bo‘limining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilishi marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi rahbarlari, Piskent tuman hokimligi va tashkilotlari mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari ishtirok etishdi.

Ramziy lenta kesilgach barcha ishtirokchilar bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, marosim davomida boshqarma rahbariyati tomonidan soha rivoji yo‘lida uzoq yillar tizimda munosib mehnat qilgan sohamiz faxriylari munosib taqdirlandi.

Shuni taʼkidlash lozimki, zamonaviy qurilish texnologiyasi asosida barpo etilgan ushbu bino Piskent tuman aholisi uchun sifatli va samaradorli xizmat qilishi shubhasiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eslatma

⚡️Mustaqillik bayrami munosabati bilan xodimlar nechi kun dam oladi ?

Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

🔹 1 sentyabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
🔹 2 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
🔹 3 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

✔️ Ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yili 4 sentyabr, dushanbadan boshlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #tanlov #yernazorati

⚡️⚡️DIQQAT TANLOV !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi yurtimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tuman bo‘limlari orasida "Namunali tuman bo‘limi" sovrinli tanlovini eʼlon qiladi.

G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida yer nazorati yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari va natijalari tahlil qilinishi orqali aniqlanadi.

Tanlov uchun qo‘yilgan sovrinlar:

🥇1 - o‘ringa - muzlatgich;
🥈2 - o‘ringa - televizor Lcd 32";
🥉3 - o‘ringa - mikroto‘lqinli pech.

Barchaga omad tilaymiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren #OAV_biz_haqimizda #xalqbilanbirga

⚡️Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish Angren shahri misolida

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon #yernazorati

⚡️Murojaat asosida aniqlangan holat !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.A.ning 2023-yil 10-avgust kuni O‘rta Chirchiq tumani, Uyg‘ur MFY hududida o‘tkazilgan ommaviy qabul orqali yo‘naltirilgan murojaati o‘rganilganda O‘rta Chirchiq tumani hokimining 2010-yil 11-dekabrdagi 709-sonli qaroriga asosan “Omonxo‘ja” fermer xo‘jaligiga 20,96 gektar yer maydoni bog‘dorchilik yo‘nalishida ajratib berilganligi hamda “Omonxo‘ja” fermer xo‘jaligiga O‘rta Chirchiq tuman hokimining 2014-yil 10-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan bog‘ atrofini dekorativ devor bilan o‘rashga ruxsat berilgan bo‘lsada, jamiyat tomonidan o‘zboshimchalik bilan og‘ir konstruksiyali (shlakablok) devor va temir darvozasi qurib olganligi holati aniqlandi.

✔️Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-sonli qarorining 5-bob 35-bandiga zid ravishda zovur bo‘yi mintaqasi muhofaza hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan (shlakablok) devori va temir darvozasini bartaraf etish maqsadida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi tashkilotlar hamda xolis guvoxlar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, noqonuniy qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibidan xabardormisiz ?

✔️Faqatgina bir yil va undan ortiq muddatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔹shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.

🔹shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

‼️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent

⚡️Piskent binosi - bunyodkorlik nishonasi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #tanlov

⚡️TANLOV NATIJALARI YAQIN !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tuman bo‘limlari orasida "Namunali tuman bo‘limi" sovrinli tanlovini eʼlon qilgan edi.

Ayni paytda hududiy bo‘limlarning yer nazorati yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari va natijalari tahlil qilinmoqda va tez fursatlarda g‘oliblar nomi maʼlum bo‘ladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinli sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

🥇1 - o‘ringa - muzlatgich;
🥈2 - o‘ringa - televizor Lcd 32";
🥉3 - o‘ringa - mikroto‘lqinli pech.

BARCHAGA OMAD TILAYMIZ !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ko‘ra,

✔️Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

🔹Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

🔹 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

🔹 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga, 1-sentyabr — Mustaqillik kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.

Mehnat
kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 31-avgust kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#mustaqillik #eʼtirof

⚜️ Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun !

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i R.Payziyev soha xodimlarini eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘nggida rahbariyat tomonidan tizimda samarali mehnati bilan soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir qator hodimlar taqdirlandilar.

Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram