TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.7K subscribers
8.46K photos
917 videos
10 files
6.82K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi #Yangiyol_shahar

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J. Axrorov hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Yangiyo'l shahar filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Har bir xodim bilan induvidual tarzda o'tkazilgan suhbatda xodimning korrupsiyaga moyillik darajasi o'rganildi va "Xavotir guruhi" shakllantirildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #sayyor_qabul #Yangiyol

⚡️Aholi manfaatlari yo'lida

Bugun Yangiyo'l shahrida aholining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi hamda uning Toshkent viloyati boshqarmasi mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

📌 Bu kabi sayyor qabullar viloyatning har bir tuman va shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#yernazorati #Yangiyol_shahar

⚡️Yangiyo‘l shahridа aniqlangan holat bataraf etilmoqda

Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan shaharning Bog‘bon hududida noqonuniy ravishda qad rostlagan qurilma aniqlandi.

Mazkur qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan qurilma egalari bilan olib borilgan suhbat natijasida obyekt ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlanib, yer o‘z holatiga qaytarilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Yangiyol_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Yangiyo‘l tuman bo‘limiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram