TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
912 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #OʼRQ_728

⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

🔹 umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

🔹 yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

‼️ Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

⚡️Savol:
- Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Javob
:
- Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
▪️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e’tirof etiladi▪️

▶️Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.

◼️Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018 yil
1 maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

▶️ Huquqlarni e’tirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda:

🔹talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil
1 avgust hisoblanadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱DKPning "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumi 🌱

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan tashkillashtirilgan "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumining 3 kunlik jarayoni, hayajonli onlari batafsil mazkur videofilmda. 👆

📹 Videofilmni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/GJvOieRjs3w 👈

◼️Jurnalist va blogerlarlar tayyorlagan forum tafsilotlari Respublikamizning quyidagi ommaviy axborot vositalari orqali batafsil yoritildi:

▫️Zamin informatsion dasturida;

▫️"Ochun.uz" ijtimoiy tarmog'ida;

▫️ Jizzax MTRK telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida;

▫️Jaslar TV telekanalining "Qaraqalpaqstan online" xabarlar dasturida;

▫️UzA.uz ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabarlar" dasturida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabar" informatsion dasturida forumning 2-kuni haqida;

▫️"Qaraqalpaqstan xabar agentligi" rasmiy ijtimoiy tarmog'ida ;

▫️"Jizzax yoshlari" telegram ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Jizzax TV telekanalining "Reportaj" informatsion dasturida;

▫️Nasaf TV telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturida;

▫️"Jizzax haqiqati" gazetasining 2023-yil 22-iyul, №60-sonida;

▫️ Jizzax radiokanali "Xabarlar" informatsion dasturining maxsus sonida;

▫️"Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;

▫️MTRK ning "O'zbekiston24" telekenali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturida;

▫️Bloger Oybek Alijonning 3 kunlik forumni to'liq yoritgan lavhalari facebook ijtimoiy tarmog'ining "Jizzax media blogi" sahifasida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bo‘stonliq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining
kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Bo‘stonliq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 2-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘stonliq tumani, 15-sonli maktab

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_nazorati #UzA

⚡️Toshkent viloyatida birinchi yarim yillikda qancha yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan ?

Joriy yilning birinchi yarim yillik davrida Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan viloyat hududida olib borigan monitorinlar natijasida jami 859 gektar yer maydonida yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan. hamda 889 ta jismoniy va yuridik shaxslar maʼmuriy javobgarlikka torilgan.

Birgina o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallash holatlari tahlili qilinganda, mazkur ko‘rsatkich jami 476 ta holatda 56,3 gektarni tashkil etmoqda.

👉 Batafsil : Uza qisqa xabarlari
👉 Toshkent haqiqat - Haqiqat online

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #yernazorati

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qiluvchi holatlar to‘g‘risida maʼlumot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Bugundan qonunchilikda nimalar o'zgardi?

✔️ 2023yil 1-iyuldan

🔹
Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

🔹 Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.
👉 Batafsil

🔹Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin.
👉 Batafsil

🔹 Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

🔹Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

🔹 Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi.
👉 Batafsil

🔹Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.
👉 Batafsil

🔹 Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20% miqdorda ustama to'lanadi.
👉 Batafsil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Chinoz #OAV_biz_haqimizda

⚡️Chinoz tuman hokimligi qarshisidagi noqonuniy qurilish

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
31%
Namunali
28%
Yaxshi
6%
Qoniqarli
34%
Qoniqarsiz
#Oʼrtachirchiq_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi O‘rta Chirchiq tuman boʼlimiga kelib tushayotgan murojaatlar boʼlimning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#savol_javob #huquq

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook Instagram Telegram