TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
912 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#xalqbilanbirga #mahalla_byudjeti

⚡️Bo‘kalik tadbirkorlar muammolari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2022 yildagi “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yana-da kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-458-sonli qaroriga muvofiq, respublikaning 14 ta tumanida huquqiy tajriba tariqasida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi belgilangan.

Bu bo‘yicha Toshkent viloyatida Bo‘ka tumani tanlab olinib, har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha manbalarni izlash va shu asosda ularning daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan tumanning 44 mahallasi bo‘yicha hokim yordamchilari, boshqarma va tashkilot shu jumladan kadastr idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ishchi guruhlar o‘zlariga biriktirilgan mahallalar miqyosida tadbirkorlar bilan uchrashib, ulardagi mavjud muammolar o‘rganilmoqda, hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Piskent

⚡️Piskent tumanidagi monitoring natijalari

Kadastr
agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Piskent tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijalari maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, tumanda jami 22 gektar (shundan 6,9 gektar suvli) yer maydonida 81 tа holatlar aniqlangan, shundan 68 tа holatda 8,9 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Jumladan,

🔹14 tа holatda 0,9 gektar turar-joylar qurilgan
🔹19 tа holatda 0,6 gektar noturar-joylar qurilgan
🔹18 tа holatda 5,9 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik билан egallab olingan
🔹3 ta holatda 9,5 gektar yer maydonida samarasiz foydalanib kelingan
🔹17 ta holatda 1,53 gektar boshqa holatlar

Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yuzasidan

✔️11 ta holat joyining o‘zida bartaraf qilindi
🔹1 ta holatda sudga daʼvo arizasi kiritildi
🔹13 ta holatda 54 450 000 so‘m maʼmuriy jarima qo‘llanildi

📌Qolgan barcha holatlar to‘liq “Yer-nazorati” tizimiga kiritilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalar

⚡️Bo‘stonliq tumanida uy-joy qurish uchun yerlar !

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Uyenkulsay va Qizil suv MFY hududlaridan uy-joy qurish yerlar auksion savdolariga chiqarildi.

➡️ Lotlarni ko‘rish

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi kadastr pasportini tayyorlash va uni rasmiylashtirish narxi qancha ?
Anonymous Quiz
39%
BHMning 1 baravari (330 000 so‘m);
41%
BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);
20%
BHMning 2,5 baravari (825 000 so‘m);
#korrupsiyagaqarshi #Chinoz

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot !

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

▪️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Chinoz tumani bo‘limida Korrupsiyaga chek qo‘yish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▪️Suhbat davomida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

🔹 korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;

❗️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha bo‘lsa:

🔹ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida;
🔹og‘ir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida;
🔹o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #brifing #Piskent #yernazorati

⚡️Kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlarida jami 279,70 gektar yer maydonlarida yer qonunbuzilish holatlari anqilangan.

Bu haqida Kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi rahbari A.Qarshiboyev maʼlumot berdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bo‘stonliq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining
kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Bo‘stonliq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 2-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘stonliq tumani, 15-sonli maktab

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olsa bo‘ladimi?

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

🔹 qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

🔹 tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM