TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.79K subscribers
8.36K photos
913 videos
10 files
6.71K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi #Toshkent_tumani

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Toshkent tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#UZKAD #Toshkent_tumani

⚡️Toshkent tumani maktablarini UZKAD dasturiga kiritish ishlari yakunlandi

Avval xabar qilganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy soha obyektlarini tizimga kiritish ishlari boshlangan edi.

🔹Unga ko‘ra, tumanda jami 31 ta maktab majvud bo‘lib, shundan 27 tasi filial tomonidan dasturga to‘liq kiritilishi taʼminlangan, 4 ta maktab maʼlumotlarida esa xatoliklar aniqlangani uchun dasturga kiritishning imkoni hozirda mavjud emas bo‘lib turmoqda.

💻 Ayni paytda mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tomonidan viloyat maktablarini dasturga kiritish ishari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Toshkent_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent tuman filialiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram