TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.71K subscribers
8.45K photos
916 videos
10 files
6.8K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#yernazorati #Olmaliq

⚡️Olmaliqda noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda

Kadastr agentligi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan Namuna MFY hozirda Hilol MFY nomi bilan o‘zgartirilgan hududning Fahriylar ko‘chasida yer nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur hududdagi davlat zahirasida bo‘lgan yerlar bir nechta fuqarolar tomonidan hech qanday yuridik hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallanib, 20-30 kv.metr bo‘lgan o‘lchamlarda o'ndan ortiq qurilish ishlari amalga oshirilgani maʼlum bo‘ldi.

Аniqlangan holat yuzasidan bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolarga o‘zboshimcha qurilgan qurilishlarini o‘z hisobidan bartaraf etish yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, qurilmalarni bartaraf etish va yerni o‘z holatiga qaytarish ishlari nazoratga olindi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #yernazorati

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilibqоyganyaxshi #yernazorati

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi.

Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati

⚡️Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati

Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz
📲@e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;
💻Kadastr.uz sayti ;
📞1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

Yuborilayotgan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

🔹videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;
🔹videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
🔹videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.

❗️Videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Jarimaning 50 foizi 15 kunda to‘lansa, qolgan qismidan voz kechiladi

Prezident tomonidan 18.04.2023 yilda imzolangan O‘RQ–830-son Qonunga ko‘ra,

🔹Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

❗️ Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

🔹Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

🔹jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

🔹xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

📌Qonun 2023 yil 1 maydan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#infografika #kadastr_pasport

⚡️Toshkent viloyatida shakllantirilgan kadastr pasportlari statistikasi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hududiy filiallari tomonidan joriy yil boshidan jami 15,323 ta kadastr pasporti shakllantirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#savol_javob #huquq

Savol:
- Qanday hollarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi
?

Javob:
- Agar yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa hujjatlarga, xususan, master-reja talablariga yoxud yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat berilgan turlariga muvofiq bo‘lsa, ular mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram

#auksion #yer_uchastkalari

⚡️"Chorvoq"dagi yerlar auksionga qo‘yildi

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Chorvoq" turistik-rekratsion zonasi hududidan yer uchastkalari savdoga chiqarildi. Ushbu yer uchastkalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

🔹 Lot-12 (0,9 ga) 685 mln so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-10 (3 ga) 3,9 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-4 (1,7 ga) 2,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-3 (1,7 ga) 2,3 mlrd so'mdan (ko'rish)
🔹 Lot-2 (1,2 ga) 1,6 mlrd so'mdan (ko'rish)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat #muhim

⚡️Rasman: Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi

Senat tomonidan maʼqullangan jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonunga ko‘ra,

Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

❗️Qonun Prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat #muhim

❗️Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar 4 kun dam oladi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

🔹 21-aprel, juma — Hayit bayrami;
🔹 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔹 23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
🔹 24-aprel, dushanba kuni barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni.

❗️Qo‘shimcha maʼlumot ushbu kun hisobidan haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar boshqa kuni ishlab berishi shart bo’lmaydi, ular uchun 29-aprel, shanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#infografika #kadastr

⚡️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi yuzasidan maʼlumot

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga 21-aprel — Ramazon hayiti, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 20-aprel kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚜️ Ramazon xayiti muborak bo‘lsin !

Qadrli vatandoshlar !

Sizlarni go‘zal diyorimiz uzra kezayotgan muqaddas ayyom, Ramazon Xayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu ulug‘ kunlarda sizlarga sihat-salomatlik, xonadongizga fayz-baraka, oilangizga baxt-saodat va yaxshi niyatlar ila qilayotgan ibodatlaringizning ezgu amalini tilab qolamiz.

Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #dehqonxojaligi #PQ20

⚡️SHOSHILING! MAVSUM YAQIN!

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 118 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 181 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 499 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 51 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 257 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 7 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 49 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 249 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 1 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 76 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 300 ta (ko'rish)

❗️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram