TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.68K photos
939 videos
10 files
6.99K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#yarmarka

⚡️Yurt kelajagi yoshlarning qo'lida

🔹Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023" yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yarmarkada Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi.

🔹Mazkur yarmarkani o‘tkazishdan asosiy maqsad kelgusida talabalarni ish bilan taʼminlash, talabalarni qiziqtirgan yo‘nalish bo‘yicha tushunchalar berish va o‘zlari qiziqqan tashkilotda o‘quv amaliyotini tashkil qilish, ularga kerakli bo‘lgan shart-sharoitlar yaratishdir.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eslatma

⚡️Navro‘z bayramida xodimlar qaysi kunlari dam olishadi?

18 mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;

🔹 19 mart, yakshanba — dam olish kuni
🔹 20 mart, dushanba — dam olish kuni
🔹 21 mart, seshanba — dam olish kuni
🔹 22 mart, chorshanba — dam olish kuni

❗️23 mart, payshanba — barcha uchun ISH KUNI
❗️25-mart kunlari 5 kunliklar uchun ko'chirilgan ish kuni

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Yer uchastkasi olib qo‘yilganda uning egasiga bir martalik to‘lov beriladi

Qonunchilikka muvofiq, yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#hashar

⚡️Kadastr yurt obodligi yo‘lida

Bugun, 18-mart yurtimiz bo‘ylab “Umumxalq xayriya hashari” keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Hashar doirasida kam taʼminlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bor aholi holidan xabar olish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu yilgi hasharning muqaddas Ramazon oyi arafasida o‘tkazilayotganida esa o‘zgacha maʼno bor.

Hayriya hasharini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak “Ramazon” oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hodimlari tomonidan boshqarma hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, doshqozonlarda halimlar tayyorlanib tortildi hamda nuroniylarimizdan duo olindi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Kadastr xizmatlari mobil telefoningizda !

📱 Kadastrga oid quyidagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida to‘liq ishga tushirilgan:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga ta'qiqni tekshirish.

👉 📲Mobil ilovani yuklab olish

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 67 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 126 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 127 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 22 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 247 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 52 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 45 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 102 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 358 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 94 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 158 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 78 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 16 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 57 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 85 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 198 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 4 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 36 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 8 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 8 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

❗️Agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Yangi_Konstitutsiya #befarqemasman

⚡️Konstitutsiyada shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi belgilanmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram