TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

BO‘STONLIQ "murojaat va yechimlar" telegram kanali orqali yo‘llangan vidoemurojaat Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan nazoratga olindi.

❗️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastrxizmati #VM_71 #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tartibi

📌Mazkur xizmat joylardagi Davlat xizmatlari markazi va my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (375 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (375 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (375 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (750 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #sayyor_qabul #Nurafshon

⚡️Aholining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Qabulda muammoli murojaatlarning hal etilishi hamda asosli hujjatlarni o‘rganish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌Sayyor qabullar viloyatning barcha tuman-shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tarix_va_bugun

⌛️TARIX VA BUGUN: TOSHKENT VILOYАTI

1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan.

Toshkent viloyati hududi:

🔸tarix - 1 525 325 gektar
🔹bugun - 1 514 927 gektar

🏘Mahallalar soni:

🔸tarix - 1004 ta
🔹bugun - 1020 ta

👨‍👩‍👧‍👦Aholisi:

🔸tarix - 2 mln. kishidan oshgan
🔹bugun - 2 mln. 995 ming kishidan oshgan.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#raddiya

⚡️Qushning ham uyasi buzilmasin !

BO‘STONLIQ "murojaat va yechim" telegram kanali orqali yo‘llangan videomurojaat Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda joydagi mahalla faollari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Мurojaat yo‘llovchi B.T mazkur dala hovli ro‘yxatida yo‘qligi va ushbu fuqaroga tegishli uy-joy mavjud emasligi aniqlandi.

👉 Barchasi batafsil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Kusherbayevga murojaat telegram kanali orqali "Yerlar talon-taroj bo‘lmoqda, hokimlik esa jim - Yangiyo‘l" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

❗️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bu_kun

⚡️Bugun, 14-fevral O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi.

🔹Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bu_kun

⚜️Bugungi sana har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma‘rifat bayrami sifatida nishonlanadi.

Ma‘lumot o‘rnida, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta‘lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta‘sis etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Ortachirchiq

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Umirzaqov Uchqun Sayidrahimovich

Filial rahbari - Rasulov Farxod Sobirovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-30

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bu_kun

⚡️Mirzo Boburga ehtirom

Bu yil mamlakatimizda buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi keng nishonlanmoqda.

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida ham Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud sanasiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Boburning betakror shaxsiyati, uning murakkabliklarga to‘la hayot yo‘li, tengsiz ijodi xususida hamisha batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ishonch_telefon #bilasizmi

⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi - 1097;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Odob_axloq_komissiyasi

⚡️Tartib intizom bor joyda baraka bo‘ladi

🔹Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida Odob-axloq komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda tartib-intizom qoidalariga bo‘ysunmagan va ishga kelib-ketish tartibini buzgan 11 nafar xodimning ish faoliyati o‘rganilib, komissiya tomonidan muhokama qilindi.

🔹Komissiya xulosasiga ko‘ra, 2 nafar xodimga nisbatan hayfsan, 9 nafariga oxirgi marotaba ogohlantirish berilib, takroriy ravishda sodir etilsa, mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram