TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.67K subscribers
8.51K photos
919 videos
10 files
6.85K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (937 500 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibidan xabardormisiz ?

✔️Faqatgina bir yil va undan ortiq muddatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔹shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.

🔹shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

‼️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

‼️Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Huquqiy asos: O‘RQ-803-son 28.11.2022 yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot berish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,5 baravar miqdorida (170 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,45 baravari (153 000 ming so‘m);
🔹davlat organlari uchun bepul.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

#huquq #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram