TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.7K subscribers
8.46K photos
917 videos
10 files
6.82K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi

⚡️Servitut qanday maqsadlarda foydalanilishini bilasizmi?

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

▶️ o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;

▶️ mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

▶️o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

‼️ Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#yernazorati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

❗️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #bilasizmi

⚡️Fuqarolar ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berishlari mumkin

Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi berilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram