TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.71K subscribers
8.46K photos
917 videos
10 files
6.82K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #huquqvaqti

⚡️Kadastr raqamidagi sonlar nimalarni anglatishini bilasizmi?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

➡️bunda: AA —mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️VV —mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️DD —kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️EE —kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️FFFF —kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️GGGG —yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#bilasizmi

⚡️Servitut qanday maqsadlarda foydalanilishini bilasizmi?

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

▶️ o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;

▶️ mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

▶️ o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

▶️o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

‼️ Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad