TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.72K subscribers
8.44K photos
916 videos
10 files
6.8K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (937 500 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin. Buning uchun
🖥 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

✉️Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastrxizmati

⚡️Yer uchastkasining kadastr yig‘majildini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:

➡️yer uchastkasining geodezik o‘lchov natijasida topografik xaritalarini tayyorlash;

➡️yer kadastr ma’lumotlari, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi va cheklovchi hujjatlar hamda servitutlar mavjudligini o‘rganish;

➡️yer uchastkasini joyida xatlovdan o‘tkazish;

➡️yer uchastkasining chegaralari va umumiy maydonini huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish va ularning farqini aniqlash;

➡️yer uchastkasining amaldagi maydoni huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan maydondan ortiq bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan erning chegarasini kadastr rejasiga tushirish;

➡️ko‘chmas mulk obyektini hisobdan o‘tkazish varaqasida yer haqidagi ma’lumotlarni kiritish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibidan xabardormisiz ?

✔️Faqatgina bir yil va undan ortiq muddatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔹shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.

🔹shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

‼️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #ORQ_728

⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❗️Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquqvaqti

⚡️Kadastr raqamidagi sonlar nimalarni anglatishini bilasizmi?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

➡️bunda: AA —mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️VV —mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️DD —kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️EE —kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️FFFF —kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️GGGG —yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad