TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.32K photos
911 videos
10 files
6.68K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️BOSH QOMUSIMIZ 32 YОSHDA !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

🇺🇿Konstitutsiya - huquq va erkinligimiz kafolati

#Konstitutsiyaga_32yil
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Yangiyo‘l shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Yangiyo‘l shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat, kadastrda onlayn audio muloqot

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga oid savollaringiz bormi ?

🎙U holda bugun, 10-dekabr kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

#diqqat #Audio_muloqot
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oqqoʼrgoʼn tuman bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Kazbekov Meribek Mirzabek o‘g‘li - Kadastr agentligi Oqqo‘rgo‘n tuman bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Meribek
Kazbekov - 1992-yil Toshkent viloyati, Oqqo‘rgo‘n tumanida tug‘ilgan. 2018-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Oqqo‘rgo‘n tumani bo‘limi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Meribek Kazbekovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

#tayinlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

❗️Eslatma, Qonun joriy yilning 8 noyabr sanasidan kuchga kirdi va joylarda xatlov ishlari boshlangan.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Live stream started
Qonunga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga nisbatan qanday huquq e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
42%
doimiy egalik huquqi
18%
mulk huquqi
7%
vaqtincha foydalanish huquqi
34%
ijara huquqi
Live stream finished (51 minutes)
⚡️Uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oilalarga beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida berilishi belgilangan.

Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila deb o‘rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo‘lgan oilalar eʼtirof etiladi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha).

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram