TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Ochiq muloqot

Bugun davlat kadastrlari palatasi Yangiyo‘l shahar filiali mas‘ullari ishtirokida shaharning Bog‘bon MFY binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.

🔖Navbatdagi ochiq muloqot Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#ochiq_muloqot #Yangiyoʼl
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️

🔰 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘zbek tilini o'rganish istagida bo'lgan aholi qatlami vakillari uchun bepul kurslar tashkil etmoqda.

🌐 Ushbu ma'lumotni o'zbekcha gapirishga qiynalayotgan hamkasbingiz, do'stingizga yetkazishni unutmang!

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uy-joy uchun subsidiyaga ariza berish 23-sentyabrdan boshlanadi

Subsidiya olish uchun ariza beruvchilar o‘z daromadlariga yaqin qarindoshlarining daromadlarini ham qo‘shishi mumkin.

O‘rtacha daromad miqdori quyidagi darajada bo‘lishi lozim:

🔹Toshkent shahrida: 2,8-9,66 mln so‘m;
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: 2,8-8,4 mln so‘m.


🖥Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 19 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Subsidiyalar — daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablag‘lar.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oilalarga beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida berilishi belgilangan.

Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila deb o‘rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo‘lgan oilalar eʼtirof etiladi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha).

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Tegishli ravishda tuman (shahar) hududi kadastr zonalariga bo‘linadi

Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qaroriga ko‘ra, quyidagilar kadastr zonalari sifatida qabul qilinadi:

🔹tumanlar hududini bo‘lishda:
- qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar);

🔹shaharlar hududini bo‘lishda:
- shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari bo‘yicha ajralib turadigan shaharlar qismlari (sanoat zonasi, turar joy massivlari, bog‘ va dam olish zonalari kabilar)

Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tegishli geodeziya koordinatlariga ega bo‘lgan chegara burilishining biriktirilgan nuqtalari bo‘ylab yoki tabiiy chegaralar (daryolar, temir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar va boshqa muntazam obyektlar) bo‘ylab o‘tishi lozim.

#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bizning manzillar: Zangiota tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Kasimov Saidabror Saidjafarovich
Filial rahbari - Abidov Aziz Xamidullayevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93
#bizningmanzillar #Zangiotatumani
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Viloyatida 50 mingdan ortiq kadastr pasportlari shakllantirilgan

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining hududiy filiallariga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kadastr pasortini shakllantirish bo‘yicha jami 115 077 ta murojaat kelib tushgan. Shundan

55 082 ta murojaat ijobiy hal etilib, kadastr pasportlari shakllantirilib berilgan.

Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

🔹Toshkent tumani – 5 035 ta;
🔹Qibray tumani – 4 547 ta;
🔹Bo‘stonliq tumani – 4 337 ta.

Ma‘lumot uchun, kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha arizalar joylardagi Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

#infografika #kadastr_pasport
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

Davlat rahbarining 06.09.2024 yildagi PF-135-son farmoniga muvofiq, qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer uchastkasining ijarachisi o‘sha yerni qayta ijaraga berishi mumkin

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi o‘sha yerni qayta ijaraga berishi mumkinligiga oid meʼyor qonunchilikka kiritilmoqda.

Buni yer uchastkasining ijarachisi shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida amalga oshirishi kerak.

✍️Bu “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilmoqda.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim

✔️Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 4-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zangiota tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
28%
namunali
21%
yaxshi
13%
qoniqarli
38%
qoniqarsiz
⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM