TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#huquq #kadastr_xizmati #OʼRQ728

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🔹uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

📌Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi

⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #ishonchraqam

⚡️Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati

Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz
📲 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;
💻 Kadastr.uz sayti;
📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

Yuborilayotgan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

🔹videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;
🔹videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
🔹videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.

❗️Videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Boʼka

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi boshchiligida Bo‘ka tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan hatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari
!

➡️ Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-aprel kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Nurafshon MFY, Yoshlik ko'chasi, Tong madaniyat uyi binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✔️Xizmatdan foydalanish hech hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi.

Bugun davlatimiz rahbari Prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

Shuningdek, joriy haftada Prezidentimiz III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

❗️Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qibray #yernazorati

⚡️O‘zboshimcha qurilmalarning buzilishi muqarrar !

⭐️Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida Qibray tumani, Parvoz MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari bir guruh fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy qurilmalar qurish holati aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilgach, qurilmalarning ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquqvaqti

Qanday bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishi talab etilmaydi ?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning maʼmuriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹 ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹 huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹 ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.


Asos: VM-424, 25.08.2023-yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni birlashtirish va yangi chegaralarini belgilash muddati necha kun ?
Anonymous Quiz
39%
3 kun
21%
7 kun
19%
10 kun
20%
13 kun
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur !

🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy filial xodimlari katta hajmdagi ishlarni bajarishda aniqligi yuqori, vaqt tejamkorligi bilan qulayliklarga ega bo‘lgan so‘nggi rusumdagi 22 ta topografik-geodezik o‘lchov vositalari bilan taʼminlandi.

Shuningdek, xodimlarning bu boradagi malakasini oshirish, sunʼiy yo‘ldosh asboblarini doimiy stansiyalarga bog‘lab ishlatish va o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etilib, amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Taqdim etilayotgan mazkur o‘lchov asboblari ishlash quvvati ko‘p vaqtga yetishi, har qanday ob-havo sharoitida va internet aloqasi past yoki umuman yo‘q bo‘lgan hududlarda ham ishlashi bilan oldingi texnikalardan sezilarli farq qilib, Yer va binolar o‘lchovini amalga oshirish, ular hisobini yuritishda ish samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.
#topografiya
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM