TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

O
‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqildi.

Milliy strategiyani 2024—2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida 7 ta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan,
🔹korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ko‘rmaganlik uchun mansabdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash;

🔹har yili kamida 2 ta sohada korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish;

🔹korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratish;

🔹korrupsiya xavflarini ichki va tashqi tahlil qilish tizimini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti (public integrity) institutini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, shu jumladan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish.

📌Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 27-martgacha davom etadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmaliq #yosh_kadastrchi

⚡️Yosh kadastrchi

Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e‘lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Bunda hududiy filiallarimizda mehnat qilayotgan eng faol va namunali yosh kadastrchilarning faoliyati yoritib boriladi.

Loyihaning ilk qahramoni Davlat kadastrlari palatasi Olmaliq shahar filiali topografi - Sarvar Abduvaliyev

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Turar-joy obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar) ilova qilinadi;

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

🪙 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 2 ish kuni

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #UzA #arxiv

⚡️Arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda

Kadastrning asosi bo‘lgan arxiv hujjatlarini raqamlashtirish soha rivojlanishida yana-da qulaylik yaratadi. Shuni inobatga olgan holda tizimda bu boradagi saʼy-harakatlar boshlandi.

➡️ Batafsil Uza saytida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #huquq

⚡️Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi

Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

🔹uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;
🔹munitsipial, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;
🔹davlat uy-joy fondini xususiylashtirish;
🔹davlat organlari uy-joylarining hududiy kesimidagi reyestrini shakllantirish va rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

✉️Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqaro yoki uning notarial ishonchnoma bilan harakat qiluvchi vakili Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali so‘rovnoma to‘ldirib yuboradi.

🔖So‘rovnomani fuqaroning vakili to‘ldirayotgan bo‘lsa, so‘rovnomaga notarial ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.

Ariza beruvchilar my.gov.uz portali orqali murojaat etganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

❗️Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.

So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Davat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #huquq

⚡️Uy-joyga muhtoj fuqarolarga beriladigan uy-joy maydonining normasi qanday ?

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024-yildagi 124-sonli qaroriga muvofiq, munitsipial, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan

🔹bir kishi hisobiga 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida

🔹kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.


❗️Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #huquq

⚡️Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi:

🔹turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar) da yashovchi fuqarolar;

🔹har bir oila aʼzosi 16 kv.metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan taʼminlanganlar;

🔹yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, o‘qishlari sababli yotoqxonadalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;

🔹qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;

🔹ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolar;

🔹uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va ro‘yxatda turgan oilalar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakka tartibdag turar-joy kadastr pasportini shakllantirish muddati necha kungacha ?
Anonymous Quiz
57%
5 ish kunigacha
30%
3 ish kunigacha
13%
7 ish kunigacha
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oʼrta_Chirchiq #aholi_fikri

⚡️O‘rta Chirchiqlik Sayyora opa kadastr xizmatlari haqida nima deydi ?

Joylarda aholining kadastr xizmatlari hamda kadastr idoralarining ish faoliyati yuzasidan fikri o‘rganilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Toshkent viloyatining ayrim hududlari poytaxt tarkibiga o‘tkazildi

Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazildi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta MFY

🔹20 ta MFY to‘liq,
🔹13 ta MFY qisman


O‘rta Chirchiq tumanidagi 7 ta MFY

🔹4 ta MFY to‘liq,
🔹3 ta MFY qisman
bo‘lgan hududlari Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga o‘tkazilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv #OAV_biz_haqimizda #NurafshonTV

⚡️Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayoni tafsilotlari. Piskent tumani

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

🔹 21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);
🔹 22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
🔹 23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
🔹 24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Asos: PF-213, 22.12.2023-yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #jinoyat

⚡️Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.Ya. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Yangiyo‘l tumanidagi “S.” va “A.O.” shirkati aʼzolariga tegishli bo‘lgan 112 sotix yer maydonini 227 400 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilib, ushbu pular hisobidan 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.M. qo‘shnisi B.U.ning ishonchiga kirib, unga “Markaziy” MFY hududidagi 12 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilib, evaziga 31 mln so‘m va 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

✔️ HA !
- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !
- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Obidov Sirojiddin Karimovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati Bekobod tuman filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Sirojiddin Karimovich
- 1991-yil Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2014-yil - Toshkent davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati Bekobod shahar filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirojiddin Karimovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov

⚡️Bekobod shahar filialiga yangi rahbar tayinlandi

Karimov  Xasan O‘ktamjon o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati Bekobod shahar filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Karimov  Xasan - 1993-yil Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2016-yil - Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati Bekobod shahar filiali toporgafi lavozimida faoliyat yuritgan.

Xasan Karimovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Qibray_tumani

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot !

⭐️ Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari boshchiligida Qibray tuman bo‘limi xodimlari o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so'nggida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Facebook Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM