TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.73K subscribers
8.44K photos
916 videos
10 files
6.79K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi #Bekobod_shahri

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan Bekobod shahar bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Piskent tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
45%
Namunali
19%
Yaxshi
9%
Qoniqarli
27%
Qoniqarsiz
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo'lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.

Huquqiy asos: VM-595-son 14.10.2022 yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Yerlarni ikkilamchi ijaraga berish tartibi belgilanmoqda

Qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv_ishlari

⚡️Arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda

🔰Kadastrning asosi bo‘lgan arxiv hujjatlarini raqamlashtirish soha rivojlanishiga yana-da qulaylik yaratadi shuni inobatga olgan holda Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallarida arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda.

❇️ Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining Piskent tuman filiali "Namunali arxiv" loyihasiga tanlab olingan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu filial zamonaviy javonlar hamda texnik vositalar bilan taʼminlangan.

❇️ Davlat kadastrlari palatasi Arxiv ishi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi Odilov Murodillo Yangiyo‘l shahar hamda Piskent, Parkent tuman filialariga tashrif buyurib bajarilayotgan ishlar bilan tanishib mutaxassislarga kerakli ko‘rsatmalar va arxiv hujjatlarini to‘g‘ri raqamlashtirish yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

⚡️ Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #jinoyat #yernazorati

⚡️Yer maydonlari va savdo do‘konini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi va Toshkent viloyati IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. “Lolaariq” MFYda joylashgan bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 6 sotix yer maydonini fuqaro M.Sh ga 3 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu birgina Toshkent viloyatidagi holatdir. Biroq, bu kabi holatlar respublikamizning boshqa ko‘plab hududlarida ham uchramoqda.

❗️Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz,

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

✔️ HA !
- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !
- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM