TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.83K subscribers
8.32K photos
911 videos
10 files
6.68K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bizningmanzillar #Zangiotatumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Jo‘rayev Sherali Mirzaaxmat o‘g‘li
Filial rahbari - Abidov Aziz Xamidullayevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Notarius idoralarida oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval ob’ektga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang va kelgusidagi ovoragarchiliklarni oldini oling.

💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

❗️Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirishni unutmang!

Oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va bo‘lish tartibi belgilandi

Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun shaxs my.gov.uz, Davlat xizmatlari markazi yoki Kadastr agentligining veb-sayti orqali ariza yo‘llaydi.

✍️ Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali 10 kun ichida joyiga chiqqan holda ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganib, abris tayyorlaydi va ko‘chmas mulkning yangi chegaralarini belgilash haqida dalolatnoma tuzadi.

🔑 Dalolatnoma ko‘chmas mulklarning mulkdorlari tomonidan ERI orqali tasdiqlanadi va dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) bo‘limiga yuboriladi.

📨 Bo‘lim tomonidan 3 kun ichida kelishiladi. Kelishilgan dalolatnoma murojaatchiga yuboriladi.

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent #OAV_biz_haqimizda #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Parkent tumani aholisining kadastrga doir murojaatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Kadastr xizmatlari TOP-5 talikda !

Adliya vazirligining Davlat xizmatlari yangiliklari kanali 2023-yilning 9 oyi mobaynida aholi tomonidan "Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari" to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, kadastr pasportini berish xizmatiga 501 461 ta va Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatiga 432 824 ta ariza bilan murojaat etilgan va ushbu xizmatlar "Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari" TOP-5 taligidan o‘rin olgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Qibray

⚡️Bizning manzillar: Qibray tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Qibray tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Qibray tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Tolipov Ziyodulla Xusniddinovich
Filial rahbari - Abdullayev Kamolliddin Shavkatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Charos koʼchasi, 16 uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: (70) 202-02-08

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Olmaliq #yernazorati

⚡️Olmaliqda o‘zboshimcha qurilmalar bartaraf etilmoqda

Kadastr agentligi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida shaharning A.Qaxxor MFY hududidagi o‘zboshimcha egallangan yerlar hamda noqonuniy ravishda qurib olingan garajlar bartaraf etilishi taʼminlandi.

Tadbir davomida mahalliy aholiga yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi hamda yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#muhim

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish hamda "Yashil makon" kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi

Senat tomonidan maʼqullangan jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonunga ko‘ra,

Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

❗️Qonun Prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#savol_javob

⚡️Savol:
- Qurilishi to‘liq yakunlanmagan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish mumkinmi ?

Javob
:

🏬 Bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

📑 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Piskent tumani kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
66%
Namunali
13%
Yaxshi
6%
Qoniqarli
16%
Qoniqarsiz
#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Yangiyoʼltumani

⚡️Bizning manzillar: Yangiyoʼl tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman filiali

Bo‘lim boshlig‘i - Maxmudov Adxam Baxtiyarovich
Filial rahbari - Pulatov Oybek Xasanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbahor SHFY, Ko‘kalamzor MFY, Yoshlik ko‘chasi

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#infografika #yernazorati

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qiluvchi holatlar to‘g‘risida maʼlumot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Nurafshon #kadastr

⚡️Nurafshon shahrining mahalla fuqarolari yig‘inlariga yer maydonlari ajratildi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi mahalla binolari xatlov qilinishi natijasida hududdagi 7 ta MFY egalik huquqini beruvchi hujjatlari mavjud emasligi hamda 6 ta MFYga yer maydoni ajratilishi lozimligi maʼlum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimining 29.09.2023 yildagi 489-10-0-Q/23 hamda 490-10-0-Q/23-sonli qarorlariga muvofiq,

▪️“Xurriyat” MFYga 0,03 gektar,
▪️“Maʼrifat” MFYga 0,04 gektar
▪️“Yoshlik” MFYga 0,04 gektar
▪️“Taraqqiyot” MFYga 0,04 gektar
▪️“Oybek” MFYga 0,04 gektar
▪️"Obod turmush" MFYga 0,05 gektar yer maydonlari ajratildi.

Ayn paytda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur MFYlarning egalik qilish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari ketmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Ohangaron_shahri #yernazorati

⚡️Ohangaron shahrida o‘tkazilgan yer nazorati monitoring natijalari

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Ohangaron shahrida olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijalari maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, tumanda jami 2,6 gektar yer maydonida 46 ta holat aniqlangan, ushbu holatlarning barchasida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va qurilish ishlari amalga oshirilgan. Jumladan,

🔹4 ta holatda 0,3 gektar turar-joylar qurilgan
🔹23 ta holatda 1,3 gektar noturar-joylar qurilgan
🔹19 ta holatda 0,4 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan
.

📌Kadastr agentligining Toshkent viloyati Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan mazkur aniqlangan 46 ta holatdan 12 tasiga 291 450 000 so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanilib, 5 ta holatda prokuratura organlariga maʼlumot kiritilgan va 13 ta holatda sudga daʼvo arizasi yuborilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram