TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #yer_nazorati

⚡️Qonunga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima

🔹yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari

🔹yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari

🔹yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

🔹yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos: Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Facebook Instagram Telegram
#eʼlon #Yuqorichirchiq #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Yuqori Chirchiq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Yuqori Chirchiq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 15-sentabr kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Yuqori Chirchiq tumani, Ma'rifat MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🔸Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: YER KODEKSI 91-modda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#savol_javob #huquq

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook Instagram Telegram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Avvallari bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun
💻 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq

⚡️Hozirgi kundagi yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarning turlari

🔹Yuridik shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

🔹Jismoniy shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

🔹Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar - yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin

📌Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi

Facebook Instagram Telegram
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#uzkad

⚡️Toshkent viloyatida 5 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektlari Uzkad dasturiga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 yildagi 198-son farmoni ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2-bosqich yaʼni davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy obyektlarni tizimga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi qadar, Toshkent viloyatida mavjud jami 6,877 ta ijtimoiy obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar o‘rganilib, jami 5,050 ta obyekt maʼlumotlari UzKad tizimiga kiritilishi taʼminlandi. Jumladan, quyidagi hududlarda bu boradagi UzKad ishlari to‘liq yakunlandi

▪️Bo‘ka tumani
▪️Zangiota tumani
▪️Qibray tumani
▪️Quyi Chirchiq tumani
▪️Oqqo‘rg‘on tumani
▪️Piskent tumani
▪️O‘rta Chirchiq tumani
▪️Toshkent tumani
▪️Chinoz tumani
▪️Yangiyo‘l tumani
▪️Angren shahri
▪️Bekobod shahri
▪️Olmaliq shahri
▪️Ohangaron shahri
▪️Nurafshon shahri
▪️Yangiyo‘l shahri

📌Hududlarda bu boradagi ishlar hali davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon #tayinlov

Shukurxonov Shuxrat Dilshod o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Nurafshon shahar filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Shuxrat Shukurxonov - 1994 yil Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 2017 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining Maʼmuriy amaliyot sho‘ba boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuxrat Shukurxonovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🚫 Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi o‘zgargan taqdirda, ko‘chmas mulk obyektini qaytadan texnik inventarizatsiya qilish taqiqlanadi.

❗️Bunda tegishli huquq egasining arizasiga muvofiq kadastr yig‘majildi uning nomiga qayta rasmiylashtirib beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tayinlov

Abduraxmonov Dilshod Abduxalil o‘g‘li - Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Parkent tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Abduraxmonov - 1990-yil Toshkent viloyati, Parkent tumanida tug‘ilgan. 2021-yil Jizzax Politexnika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Parkent tuman bo‘limi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Dilshod Abduraxmonovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #ORQ_728

⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❗️Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod tumani kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
41%
Yaxshi
23%
Qoniqarli
44%
Qoniqarsiz
#Yangiyoʼl #tayinlov

Artigaliyev Rustam Sabirjanovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Sabirjanovich - 1981-yil Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar filiali bosh muxandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Rustam Sabirjanovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #targʼibot

⚡️Qibrayda targ‘ibot tadbiri

Yerga oid huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev ishtirokida Qibray tumani yerdan foydalanuvchilari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #Yuqorichirchiq #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Yuqori Chirchiq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Yuqori Chirchiq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 15-sentabr kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Yuqori Chirchiq tumani, Ma'rifat MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #tayinlov

Xoldorov  Otabek Karim o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent tuman filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Xoldorov  - 1992-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 2018-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexonizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman filiali bosh muxandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Otabek Xoldorovga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram