TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.95K subscribers
9.64K photos
1.04K videos
11 files
7.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlari hamda boshqa geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi.

✔️Geodeziya punktlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📍Geodeziya punktlari chegaralarida hamda ushbu chegaralar bo‘ylab bir metr kenglikdagi maydonda geodeziya punktlarining muhofaza zonalari belgilanadi.

Geodeziya punktlari tashqi belgilarga ega bo‘lmagan yoki geodeziya punktlarining maxsus markazlari binolarning va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan hollarda, ushbu geodeziya punktlarining chegaralari va muhofaza zonalari belgilanmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
2
❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

⚠️ Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m),
🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 625 ming so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Geodeziya nima va nima uchun kerak?

Geodeziya — bu yer yuzasining shakli, o‘lchamlari va joylashuvini o‘rganadigan fan. U xaritalar tuzishda, qurilishda, yer uchastkalarini aniqlashda va infratuzilma loyihalarini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Asosiy vazifalari:
🔹 Yer sathini o‘lchash va aniqlash;
🔹 Chegara va koordinatalarni belgilash;
🔹 Inshootlar qurilishi uchun tayanch ma’lumotlarni taqdim etish;
🔹 Kadastr va yer resurslarini boshqarish.

🌐 Bugungi kunda geodeziya sun’iy yo‘ldoshlar, dronlar va zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘lchov ishlarini aniq, tez va ishonchli qiladi.

⚠️ Agar siz ham yer maydoni bilan bog‘liq har qanday hujjatlashtirish, o‘lchov yoki ro‘yxatga olish ishlarini rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — geodeziya xizmatlari siz uchun juda zarur!

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Mulk hujjatlaringiz yangilanganmi?

Agar yer maydoni, bino yoki egasi o‘zgargan bo‘lsa — bu o‘zgarishlar kadastr ma’lumotlarida aks ettirilishi kerak.

❗️ Aks holda:
🚫 Sotuv, meros, kredit olish yoki sud jarayonlarida muammo yuzaga kelishi mumkin
🚫 Mulk egasi sifatida huquqingizni isbotlash qiyinlashadi

Nima qilish kerak?
📲 my.gov.uz orqali onlayn ariza yuboring
📍 Yoki eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga (DXM) murojaat qiling

⏱️ Xizmat tez, shaffof va tartibli!

💡 Eslatma: Hujjatlaringizda hatto kichik xatolik bo‘lsa ham, vaqtida tuzatish kiritish muhim. Chunki to‘liq yangilangan kadastr ma’lumotlari sizning mulkingizni qonun oldida himoya qiladi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
2
⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
🏠Uy yoki yer sotib olishdan oldin bilishingiz shart bo‘lgan faktlar!

❗️ Agar mulkda quyidagi hujjatlar bo‘lmasa, xaridingiz yaroqsiz hisoblanadi:

Kadastr pasporti
Davlat reyestridan o‘tkazilganligi
Notarial tartibda rasmiy shartnoma

➡️Bu kabi hujjatlar bo‘lmasa, puldan ayrilishingiz, mulkni rasmiylashtira olmasligingiz va sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishingiz mumkin.

Og‘zaki kelishuv, oddiy "tilxat" yoki guvohlik bilan emas
✔️faqat rasmiy hujjatlar bilan ishlang!

#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagi hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi:

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹 avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berish;

🔹qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat yer kadastri mazmun jihatdan quyidagi vazifalarni bajaradi:

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹yer uchastkalarini elektron hisobga olish;

🔹yerni qiymat jihatidan baholash;

🔹yer kadastri maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.

#bilasizmi #kadastr
Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
2
⚡️Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi

Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

❗️Biroq, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 66-modda
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

❗️
Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
2
Eng ko‘p beriladigan 10 ta savolga 10 ta javob

1.Kadastr raqami nima va u nimani bildiradi?
➡️Bu raqam orqali yer uchastkasining aniq manzili va huquqiy maqomi belgilanadi.

2.Notariusda kadastr hujjati talab qilinadimi?
➡️Ha. Sotish, hadya qilish, meros o‘tkazish kabi harakatlar uchun kadastr pasporti shart.

3.Foydalanilmayotgan bo‘sh yerga jarima solinadimi?
➡️Ha, yer ajratilgan maqsadga muvofiq foydalanilmasa, qonunchilikka muvofiq ogohlantirish va jarimalar qo‘llaniladi.

4.Kadastr pasporti muddati tugaydimi?
➡️Yo‘q, kadastr pasportining o‘zi doimiy, lekin unga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin (masalan, rekonstruksiya bo‘lsa).

5.Og‘zaki kelishuv bilan yer sotib olsa bo‘ladimi?
➡️Yo‘q. Bu qonuniy emas. Kadastr hujjatisiz mulk sizga tegishli hisoblanmaydi.

6.Kadastrda ro‘yxatdan o‘tmagan yer sotilishi mumkinmi?
➡️Mulk hujjatsiz sotilmaydi. Bu qonunga xilof.

7.Mahallada xatlov o‘tishini qanday bilsa bo‘ladi?
➡️Mahalla orqali ogohlantirishlar, e‘lonlar orqali xabar qilinadi. Fuqarolar alohida murojaat qilmaydi.

8.Kadastr hujjati bor, lekin notariusda muammo chiqyapti. Nima qilish kerak?
➡️Kadastr bo‘limiga murojaat qilib, hujjatni tekshirtirgan maʼqul. Texnik xato bo‘lishi mumkin.

9.Mulkni rasmiylashtirmasdan ijaraga bersam bo‘ladimi?
➡️Mulk hujjatlari bo‘lmasa, ijara shartnomasi kuchga ega bo‘lmaydi va nizolar yuzaga kelishi mumkin.

10.Yer uchastkasi kadastr raqamini qanday topsa bo‘ladi?
➡️Kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yo‘q bo‘lsa, my.gov.uz orqali onlayn so‘rov yuborish orqali.

#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
❗️Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2022 yildagi PQ-346-son qaroriga muvofiq,

🔸ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;

🔸uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;

❗️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

🖥Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

💰Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1💯1
Joriy yildan barcha ko‘chmas mulk ob‘ektlari ommaviy baholashdan o‘tkaziladi

2025-yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk ob’ektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“KNOPKA”ni bosib berishsin, ishimiz shoshilinch!

Qo‘ng‘iroqlar, iltimoslar, telegram bot orqali kelayotgan murojaatlarning asosiy qismi "Notariusda edik, KNOPKAni bosib yuborishsin", "KNOPKAni bosishsa, ishimiz bitib ketar ekan" kabi mazmundagi murojaatlardir.

KNOPKAni bosish - klaviaturaning oddir bir klavishini bosish emas, balki 30 dan ortiq harakatlar ketma-ketligini o‘zida jamlagan, huquqiy bilim va tajriba talab etadigan va har bir hujjat o‘rganilishi lozim bo‘lgan jarayondir.

❗️KNOPKAni bostirishga shoshilmang, barcha xizmatlarning o‘z muddatlari bor !

#bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏41
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonunida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustastno!


#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1