TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.73K subscribers
8.43K photos
916 videos
10 files
6.79K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🔹Yuridik shaxslarning noturarjoy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar olish

Xizmati narxi - BHMning 5 baravari miqdori (1,875,000)
Muddati - 2 kun

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

🔹xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

🔹yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: O‘RQ-728-son

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (469 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (937 500 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Fuqaroning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibidan xabardormisiz ?

✔️Faqatgina bir yil va undan ortiq muddatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔹shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.

🔹shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

‼️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

‼️Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Huquqiy asos: O‘RQ-803-son 28.11.2022 yil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot berish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,5 baravar miqdorida (170 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,45 baravari (153 000 ming so‘m);
🔹davlat organlari uchun bepul.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

#huquq #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati

⚡️Turar-joy obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar) ilova qilinadi;

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

🪙 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 2 ish kuni

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga
kadastr pasportini berish.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishga asos bo‘luvchi hujjat ilova qilgan holda ariza yuboradi;

✔️DK filiallari obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnoma loyihasini tayyorlaydi va o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

✉️Loyihani YIXDP orqali qurilish organiga tasdiqlash uchun yuboradi

🔖Qurilish organi ERIsi orqali tasdiqlash yo‘li bilan dalolatnoma loyihasini kelishadi

Loyiha dalolatnomasini YIXDP orqali DK filiallariga yuboradi.

✉️DK filiallari QR-kodli dalolatnomaning kelishilgan loyihasi hamda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani YIDXP orqali yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 9 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,3 baravar miqdorida (102 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,27 baravari (91 800 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ko‘p yillik dov-daraxtlargaham kadastr pasporti tayyorlanishini bilarmidingiz ?

Bunda ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlashda dov-daraxt joylashgan yerning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi dov-daraxtlarga bo‘lgan kadastr pasporti tayyorlashga asos bo‘ladi.

Dov-daraxtlarga kadastr pasporti tayyorlash muddatlari quyidagicha taqsimlanadi.

Ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi bo‘yicha:
🔹umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha.


#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM