TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi eʼtirof etilib, unga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 30-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha alohida ish yuritilishini nazarda tutuvchi qoidalar bilan to‘ldirilmoqda.

Bundan tashqari, «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog‘liq daʼvolar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Huquqiy asos:
VM-426, 29.08.2023 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM426
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, egalik huquqini eʼtirof etish bir qator talablarga javob berishi lozim.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 1-moddasiga quyidagicha o‘zgartirish kiritilmoqda:

229 prim 1-modda:

🔹birinchi qismining sanksiyasidagi «bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish» degan so‘zlar «besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

🔹ikkinchi qismining sanksiyasidagi «ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish» degan so‘zlar «besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xizmatchilari ijtimoiy tarmoqlarda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmasligi lozim

Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslikka majbur.

‼️ Shuningdek, fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi maʼlumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmasligi kerak.

Huquqiy asos: VM-595, 14.10.2022 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 3-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer berish tartibini buzish besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 1-moddasiga quyidagicha o‘zgartirish kiritilmoqda:

229 prim 4-modda:

🔹birinchi qismining sanksiyasidagi “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining:
dispozitsiyasi quyidagi mazmundagi “v” band bilan to‘ldirilsin:


“v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa”;
🔹sanksiyasidagi “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishga ko‘maklashish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan hududiy fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish birliklari bo‘yicha yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishga ko‘maklashish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari (bundan buyon matnda jamoatchilik guruhlari deb yuritiladi) tashkil etiladi.

Jamoatchilik guruhi tarkibiga tegishli saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi hamda har yuzta oiladan kamida bir nafardan fuqaro kiritiladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 27-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan eʼtirof etilgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim

Qonunga muvofiq yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda yig‘im undiriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 29-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga ijara huquqi eʼtirof etilgach xususiylashtirilishi mumkin

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi eʼtirof etilib, unga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 30-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Huquqiy asos: O‘RQ-950-son, 29.08.2024 yil
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM