TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.99K photos
960 videos
10 files
7.2K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Angren shahrida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Angren iqtisodiy zona direksiyasi majlislar zalida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#Angren #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qibray tumanida qo‘pol yer qonunbuzilishi sodir etilgan 8 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Kadastr agentligining Qibray tuman bo‘limi rahbari S.Saidov bo‘lim tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #brifing
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #onatilimfaxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

Siz ham ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e‘tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida faol ishtirok eting.

Zero, Davlat tilini sevish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish – barchamizning burchimizdir!

#ona_tilim_faxrim
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Forwarded from TSUE-TDIU
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Moxir Valiyev, Davlat kadastrlari palatasi raisi
:

"- Hozirgi kunda "O'zbekiston-2030" strategiyasi tasdiqlanganiga bir necha yillardan oshgan bo'lsa, Respublika miqyosida iqtisodiyotning barcha jabhalari bu strategiyani qamrab olgan. Shu jihatdan kadastr tizimi ham ushbu strategiyaga ko'ra yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qancha vazifalarni maqsad qilib qo'ygan. Xususan, dunyo miqyosida ko'chmas mulkni o'rni juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublika miqyosida 8.5 million obyektimiz bo'lsa , ularni kadastr qiymatini iqtisodiyotga bog'laydigan bo'lsak, qariyb 50 mlrd dollarga bormaydi. Bu juda ham kam baho va bozor bahosi bilan juda katta farqi ham bo'ladi. Bu bo'yicha biz Iqtisodiyot Universiteti bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalarni yo'lga qo'yganmiz".

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR

Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !

🔹Oqqo'rg'on tumanida 79 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumnaida 817 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 555 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 364 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 205 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 36 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumani 13 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹O'rta Chirchiq tumanida 217 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 54 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 171 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 108 ta (Ko'rish)

#auksion #yoshlar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram