TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Boʼstonliq tuman aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganildi

Bugun Boʼstonliq tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish masadida tumanning Hoʼjakent pansionatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 80 nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, ulardan jami 48 ta murojaat kelib tushdi.

Qabul davomida har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

#Boʼstonliq #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi

✔️Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

🔹Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

🔹 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

🔹 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Asos: VM-426-son, 29.08.2023 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣OAV vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga !

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 11.00 da Toshkent viloyati hokimligi binosining majlislar zalida "Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davrida amalga oshirilgan ishlar" mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlarini taklif etamiz!

Ro‘yxatga olish soat 10.30 da boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: (90) 940-05-03

📍Manzil: Toshkent viloyati hokimligi binosining majlislar zali

#matbuot_anjumani
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parkent tumanida yer nazorati

Kadastr ageniligining Parkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning Samsarak MFY, Samsarak ko‘chasi hududida fuqaro A.R foydalanishida bo‘lgan yer maydoniga tutash bólgan 23 kv.metr tuman zaxirasidagi yer maydoni ózboshimchalik bilan egallanib, molxona binosi qurib olganligi aniqlandi.

Qurilma bo‘lim tomonidan tegishli tartibda berilgan ogohlantirishda ko‘rsatilgan 15 kunlik muddatda fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

#yernazorati #Parkent
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#vakansiya
BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Angren shahar bo‘limi
🔹Bekobod shahar bo‘limi
🔹Ohangaron shahar bo‘limi (faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun)

☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.

❗️Maʼlumot uchun, oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr), Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, yuridik hamda iqtisod sohalari nomzodlari ariza berishlari tavsiya etiladi.

❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Bugun Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida "MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati xususida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.

Jumladan, yig‘ilish ishtirokchilariga ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishida rahbar kadrlarning vazifalari hamda Qonunda belgilangan asosiy tamoyillar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ushbu Qonun talablari buzilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida asosiy tushunchalar bayon etildi.

#korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlaridan lavhalar

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

#huquq #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM