TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Davlat reyestridagi yozuv qanday bekor qilinadi?

Javob:

Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

✍️Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

NURAFSHON TV telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturlari orqali Toshkent viloyati Chirchiq shahri ko‘p qavatli turar joy binosi qarshisida noqonuniy qurilgan garajlardan atrof-muhitga badbo‘y hid taralayotgani yuzasidan yoritilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Chirchiq shahar, “A.Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Transformatorchilar ko‘chasida joylashgan aholi punktining umumiy foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari Chirchiq shahar, Pushkin ko‘chasi, 3-uy, 37-xonadonda yashovchi fuqaro B.M va Chirchiq shahar, Transformatorchilar ko‘chasi, 12-uy, 20-xonadonda yashovchi fuqaro K.A lar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, belgilangan tartibda joylardan ruxsatnoma olmasdan asossiz ravishda kapital qurilmalar qurilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yer qonunbuzilish holatlarini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-91-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 11-bandi talablariga asosan 15 kun muddat ichida o‘z hisobidan bartaraf etishi (noqonuniy qurilmani buzib tashlab, o‘zboshimchalik bilan egallagan yer maydonini bo‘shatib qo‘yish) to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma‘muriy jazo qo‘llanishi va noqonuniy qurilmalarni buzish uchun sudga daʼvo arizasi kiritilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida tadbirkorlik uchun qulay imkoniyat!

Tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘lsangiz bo‘sh yer uchastkalarini e-auksion.uz portali orqali sotib oling va o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying !

➡️Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari

#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ka tumanida bir qator noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi

Jumladan, Bo‘ka tumani, Ko‘ldoshtepa MFYda joylashgan tuman zaxirasiga qarashli yer maydoni fuqaro Sh.U tomonidan oʼzboshimchalik bilan egallab olinib, jami 27,0 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilgan.

Mazkur holatda Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan tegishli tartibda berilgan rasmiy ogohlantirishni asossiz va ijrosiz qoldirgan fuqaro Sh.Uga nisbatan Mjtk ning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy jarima belgilanib, qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

Shuningdek, tumanning Achamayli fayz baraka mahallasida yashovchi fuqaro T.Mga tegishli savdo doʼkoni oldi qismiga noqonuniy ravishda yerga o‘rnatilgan 32,0 kv.m soyabon (bostirma) ham ogohlantirish natijasida ixtiyoriy bartaraf etildi

#yernazorati #Boʼka
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Bo‘ka tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
25%
Namunali
25%
Yaxshi
11%
Qoniqarli
39%
Qoniqarsiz
Kadastr pasporti rasmiylashtirishda imtiyozlar bormi?

Javob:

Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.

Asos: VM-535, 02.02.2020-yil

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati yer maydonlarining elektron yer hisoboti yaratilmoqda

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman shaharlarda jami 1 mln 514 ming gektar yer maydonlarini "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Bu esa yer hisobotini elektron shaklda yuritish imkonini beradi.

Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallaridagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shuningdek yer egalari, ijarachilar va ular o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar "YER HISOBOT AAT" dasturiga kiritilmoqda.

🤔Bugungi kun kun holatiga Toshkent viloyatida jami 1 mln 514 gektar yer maydonlaridan 670 ming gektar (44%) yer maydonlari "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan filiallarda yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, “Uzkad” axborot tizimdagi yer balansi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

#seminar #UzKad
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Boʼstonliq
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Bo‘stonliq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24-iyul kuni soat 15-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘stonliq tumani, Qoranqul MFY, Xo‘jakent pansionati.

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos: Yer kodeksi

#huquqvaqti #bilasizmi #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Boʼstonliq tuman aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganildi

Bugun Boʼstonliq tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish masadida tumanning Hoʼjakent pansionatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 80 nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, ulardan jami 48 ta murojaat kelib tushdi.

Qabul davomida har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

#Boʼstonliq #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram