TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.7K subscribers
8.46K photos
917 videos
10 files
6.82K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ESLATMA !
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari,

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


🔖Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach, 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr raqami qanday maʼnoni anglatadi ?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda,

🔹 АА - viloyat raqami;
🔹 ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
🔹 СС - kadastr zonasi raqami;
🔹 DD - kadastr massivi raqami;
🔹 ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
🔹 FFFF - yer uchastkasi raqami;
🔹 GGGG - bino, inshoot raqami;
🔹 ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.


‼️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.
#bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent hududiga tushgan mahallalar ro‘yxati

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga to‘liq tarkibda tushgan mahallalar bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

🔹Yuqori Chirchiq tumanidan 20 ta MFY:


Istiqbol, Darxon, Usmonobod, Navoiy, Jaloltepa, Obodon, Guliston, Bahor, Xvan.T.G, Yashnobod, Uch chinor, Nurafshon, Mirobod, Fayziobod, A.Yassaviy, Baliqchi, Yoshlik, Tinchlik, Iyk-ota va Birlik MFYlari

🔹O‘rta Chirchiq tumanidan 3 ta MFY:

- Sholikor MFY
- O‘choqli MFY
- Bunyodkor MFY

🔖Avvalroq, Yangi Toshkent hududiga 37 ta MFY o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

#Yangi_Toshkent
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chma savdo do‘konlari uchun kadastr pasporti talab etiladimi ?

Javob: Yo‘q, talab etilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.
#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallab olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🔹BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Asos: Jinoyat kodeksi, 229-modda

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartiriladimi?
Anonymous Quiz
34%
Ha, o‘zgartiriladi
66%
Yo‘q, o‘zgartirilmaydi
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J. Axrorov hamda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida Zangiota tuman bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Har bir xodim bilan induvidual tarzda o'tkazilgan suhbatda xodimning korrupsiyaga moyillik darajasi o'rganildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
#korrupsiyaga_qarshi #Zangiota_tumani
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining sugʻorish tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin

✍️Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-936-son, 17.07.2024-y.) bilan Yer kodeksi hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin boʻladi.

Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Bundan tashqari, Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kiritildi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlar berildi.

❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR

Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !

🔹Oqqo'rg'on tumanida 622 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumnaida 874 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 735 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 139 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 516 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 308 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 109 ta (Ko'rish)
🔹Yuqori Chirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumani 243 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 902 ta (Ko'rish)
🔹O'rta Chirchiq tumanida 826 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 170 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 247 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 162 ta (Ko'rish)
#auksion #yoshlar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #yer_nazorati

⚡️Qonunga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima

🔹yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari

🔹yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari

🔹yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

🔹yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Davlat reyestridagi yozuv qanday bekor qilinadi?

Javob:

Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

✍️Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

NURAFSHON TV telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturlari orqali Toshkent viloyati Chirchiq shahri ko‘p qavatli turar joy binosi qarshisida noqonuniy qurilgan garajlardan atrof-muhitga badbo‘y hid taralayotgani yuzasidan yoritilgan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Chirchiq shahar, “A.Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Transformatorchilar ko‘chasida joylashgan aholi punktining umumiy foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari Chirchiq shahar, Pushkin ko‘chasi, 3-uy, 37-xonadonda yashovchi fuqaro B.M va Chirchiq shahar, Transformatorchilar ko‘chasi, 12-uy, 20-xonadonda yashovchi fuqaro K.A lar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, belgilangan tartibda joylardan ruxsatnoma olmasdan asossiz ravishda kapital qurilmalar qurilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yer qonunbuzilish holatlarini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-91-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 11-bandi talablariga asosan 15 kun muddat ichida o‘z hisobidan bartaraf etishi (noqonuniy qurilmani buzib tashlab, o‘zboshimchalik bilan egallagan yer maydonini bo‘shatib qo‘yish) to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma‘muriy jazo qo‘llanishi va noqonuniy qurilmalarni buzish uchun sudga daʼvo arizasi kiritilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida tadbirkorlik uchun qulay imkoniyat!

Tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘lsangiz bo‘sh yer uchastkalarini e-auksion.uz portali orqali sotib oling va o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying !

➡️Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari

#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM