TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.78K subscribers
8.36K photos
914 videos
10 files
6.72K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

🔹ariza vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

🔹hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan bo‘lsa;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa;

🔹noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa (bundan texnik xatolar mustasno);

🔹vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa;

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lsa;

🔹arizada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun bilan taqiqlangan bo‘lsa.

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
♦️
Ayni damda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

Ayni damda Kadastr agentligining Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan shaharning Fayzli MFY, Toshkent shoh ko‘chasidagi bir qator noqonuniy qurilmalar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va yerdan foydalanuvchilar!
Har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang, har qanday qurilish ishlarini tegishli tartibda ruhsatnoma olgach amalga oshiring!


❗️Ma‘muriy yoki jinoiy javobgar bo‘lishdan himoyalaning!
#Yangiyoʼl #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra,
➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

➡️ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

➡️ murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

➡️ murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

— mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
#murojaatlar #qonun
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq kadastr pasportlari shakllantirilgan

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining hududiy filiallariga joriy yilning yarim yillik davri mobaynida kadastr pasortini shakllantirish bo‘yicha jami 92 646 ta murojaat kelib tushgan. Shundan

51 634 ta murojaat ijobiy hal etilib, kadastr pasportlari shakllantirilib berilgan.

Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

🔹Qibray tumani – 4 993 ta;
🔹Zangiota tumani – 4 504 ta;
🔹Toshkent tumani – 4 452 ta.


Ma‘lumot uchun, kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha arizalar joylardagi Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

#infografika #kadastr_pasport
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Rentani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

🔹renta oluvchi;
🔹rentani to‘lovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari.

Renta shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.

📄Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin.

❗️Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qurilmalarning bartaraf etilish jarayonlari

📍Yangiyo‘l shahri Fayzli MFY, Toshkent shoh ko‘chasi

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat reyestridagi yozuvlar Komissiya yoki sud qaroriga ko‘ra bekor qilinadi

✍️ Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

📄 Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

✔️ Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

✉️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarimizda arxiv ishi faoliyati


🫥 Arxiv faoliyati kadastr tizimining asosi sanaladi. Shu boisdan, mazkur yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yaʼni barcha hujjatlarni nafaqat qogʻoz, balki elektron koʻrinishda ham shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

🫥 Respublikamizning viloyat, tuman, shaharlaridagi boshqarmalarimizni oʻrganar ekanmiz, ulardagi arxiv xonalari, ishlarning borishi bilan ham qiziqdik. Quyida Toshkent viloyatining Angren shahridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi filiali arxivi faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #arxiv_ishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Angren shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
30%
Namunali
24%
Yaxshi
15%
Qoniqarli
31%
Qoniqarsiz
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga, yaʼni qayta ijaraga berishga ruxsat etish masalasi ko‘rilmoqda.

✍️Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi to‘g‘risidagi 24-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish, shuningdek, ijarachilarga ijaraga berilgan yer uchastkalarini qayta ijaraga berishga ruxsat etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilgan va kredit majburiyati bajarilmagan taqdirda, kreditorlar tomonidan mazkur yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini yerdan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi belgilanmoqda.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Qurilmalar ixtiyoriy bartaraf etilmoqda

Bekobod shahar, Metallurg MFY, Shiroq ko‘chasi sanoat hududida joylashgan davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydoni fuqaro A.B tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 45 kv.m maydonda noqonuniy kapital qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur holat Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, tegishli tartibda choralar ko‘rildi va fuqaroga sodir etilgan holat va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Natijada qurilmalar fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlandi.

#Bekobod #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jamoatchilik nazorati

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali Toshkent tumani, Tutzor MFY faollarining yo‘llagan murojaati Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Toshkent tuman bo‘limi tomonidan holislar ishtirokida o‘rganilib, tumanning Tutzor MFY, Qadrdonlar ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan mulk egasi M.X ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanildi hamda 15 kunlik muddat ichida qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan rasmiy ogohlantirish berilgan va nazoratga olingan edi.

Tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 11-iyul kuni qayta o‘rganish olib borilganda, fuqaro M.X tomonidan ogohlantirish asossiz va ijrosiz qoldirilgani maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Toshkent tumani, Tutzor MFY, TXAY yoqasida joylashgan 224,0 kv.m yerni o‘zboshimchalik bilan egallab, asossiz 86,0 kv.m yer maydoniga noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqaro M.Xga nisbatan yer maydonini bo‘shatish hamda egallangan yer maydonini qaytarish yuzasidan Hal qiluv qarori chiqarilishi yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudiga Daʼvo arizasi kiritilganini maʼlum qilamiz.

#yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulk deb qanday obyektlarga aytiladi?

Javob:

- yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar.
#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni maʼlum bo‘ldi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta MFYlar Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Ular

Yuqori Chirchiq tumanidan:

🔹to‘liq - 20 ta
🔹qisman - 11 ta


O‘rta Chirchiq tumanidan:

🔹to‘liq - 3 ta
🔹qisman - 3 ta


Keyinroq, to‘liq va qisman o‘tayotgan MFYlar nomlari to‘g‘risida maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

☑️Avvalroq, Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulk obyektlari soni haqida maʼlumot bergan edik.
#Yangi_Toshkent
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✔️Xizmatdan foydalanish hech hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

❗️Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni birlashtirish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹 ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹 huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹 ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.


Asos: VM-424, 25.08.2023-yil

#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni birlashtirish va yangi chegaralarini belgilash muddati necha kun ?
Anonymous Quiz
32%
13 ish kuni
35%
10 ish kuni
13%
7 ish kuni
19%
3 ish kuni
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar
🔹BHMning 3 baravaridan (1 mln 20 ming so‘m)
🔹25 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorida
bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram