TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.78K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Zangiota tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 4-iyul kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Zangiota tumani, Zangiota tumani, O‘rta ovul hududi, 1-sektor, Obod turmush MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Endilikda turar joy oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlashda notariusga kadastr yig‘majildi taqdim etilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2023 yildagi 470-son qaroriga muvofiq,

🔹notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkasi va koʻp yillik dov-daraхtlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar хam taqdim etiladi;

🔹turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Ijaraga olgan yerimni boshqa shaxsga ijaraga berishim mumkinmi ?

Javob:

Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.

❗️Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KADASTRGA SAVOLIM BOR

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🗣 Shuningdek, 60¹-moddasi bilan Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining — 20 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sizda ham shu masala yuzasidan savolingiz bo‘lsa, Kadastr agentligining 1097 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Zangiota tumanining Obod turmush MFY binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

#Zangiotal #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bizning manzillar: Zangiota tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Kasimov Saidabror Saidjafarovich
Filial rahbari - Abidov Aziz Xamidullayevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93
#bizningmanzillar #Zangiotatumani
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#arxiv
⚡️Arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda. Quyi Chirchiq tumani

Davlat kadastrlari palatasi Quyi Chirchiq tuman filialining Arxivida jami 26 537 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda. Shundan

🔹turar joylar arxiv hujjatlari - 24 845 ta
🔹noturar joylar arxiv hujjatlari - 1 692 ta
🔹xonadonlar arxiv hujjаtlari - 973 ta
🔹dalа hovlilar arxiv hujjatlari - 560 ta

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va "Namunali arxiv" dasturi doirasida ayni kunlarda Quyi Chirchiq tuman filialida o‘rganish ishlari olib borilib, arxiv xonasini zaruriy jihozlar bilan taʼminlash ishlari rejalashtirilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM