TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun qanday javobgarlik mavjud ?
Anonymous Quiz
15%
fuqarolarga BHMning 25 baravari miqdorida jarima
18%
fuqarolarga BHMning 15 baravari miqdorida jarima
67%
fuqarolarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin !

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

🚫 Agar Yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi

🌏“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi?

#infografika #kadastr_pasport
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti —
ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi umumiy maʼlumotlarni va obyektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida dron yordamida yer monitoringi o‘tkazildi

Maʼlumki, yer nazoratini amalga oshirishda kosmik suratlarni taqqoslash hamda dronlar yordamida o‘zboshimcha qurilmalarni aniqlash amaliyotidan doimiy foydalanib kelinmoqda.

Kadastr agentliginining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Ohangaron shahar/tuman bo‘limlari tomonidan navbatdagi monitoring tadbiri Angren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududlarida o‘tkazildi.

#yernazorati #Angren
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Dehqon xo‘jaligi yerlari auksion orqali necha yilga ijaraga beriladi?
Anonymous Quiz
19%
10 yil
58%
30 yil
23%
50 yil
Bo‘stonliq, Bekobod va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimining bir qator qarorlari qabul qilindi.

Xususan, Bo‘stonliq tumanidan 130 gektar, Bekobod tumanidan 3,4 gektar va Yuqori Chirchiq tumanidan 78 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi mazkur yer maydonlarini bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni hisoblanishini inobatga olib, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlaydi.
#ijro
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Zangiota tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 4-iyul kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Zangiota tumani, Zangiota tumani, O‘rta ovul hududi, 1-sektor, Obod turmush MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Zangiota tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 4-iyul kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Zangiota tumani, Zangiota tumani, O‘rta ovul hududi, 1-sektor, Obod turmush MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram