TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari  (850 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#bizningmanzillar #Ortachirchiq

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Umirzaqov Uchqun Sayidrahimovich

Filial rahbari - Rasulov Farxod Sobirovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-30

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos: Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

▫️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▫️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▫️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati
⚡️Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishga asos bo‘luvchi hujjat ilova qilgan holda ariza yuboradi;

✔️DK filiallari obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnoma loyihasini tayyorlaydi va o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

✉️Loyihani YIXDP orqali qurilish organiga tasdiqlash uchun yuboradi

🔖Qurilish organi ERIsi orqali tasdiqlash yo‘li bilan dalolatnoma loyihasini kelishadi

Loyiha dalolatnomasini YIXDP orqali DK filiallariga yuboradi.

✉️DK filiallari QR-kodli dalolatnomaning kelishilgan loyihasi hamda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani YIDXP orqali yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 9 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,3 baravar miqdorida (102 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,27 baravari (91 800 ming so‘m).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida qurilayotgan “Atlantis” turar-joy kompleksi bo‘yicha yo‘llangan murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshket viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ohangaron shahrida noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Kadastr agentligining Ohangaron shahar bo‘limi olib borilgan monitoring davomida aniqlanishicha, shaharning Yangiobod MFY bo‘ylab o‘tgan yo‘l yoqalariga fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilmalar o‘rnatilgan.

Holat yuzasidan bo‘lim xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, qurilmalarning fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlandi.

Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va yerdan foydalanuvchilar !
Har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang, har qanday qurilish ishlarini tegishli tartibda ruhsatnoma olgach amalga oshiring!


❗️Ma‘muriy yoki jinoiy javobgar bo‘lishdan himoyalaning !
#Ohangaron #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi boshchiligida Qibray tuman filialida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

🔹Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti —
ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi umumiy maʼlumotlarni va obyektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kadastr arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda. Oqqo'rg'on tumani

#OAV_biz_haqimizda #NurafshonTV
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Yangiyo‘l tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 5-iyun kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Yangiyo‘l tumani, Guliston MFY binosi, B.Mirzaxmedov ko‘chasi, 18 uy
☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bo‘kada noqonuniy qurilma bartaraf etilmoqda

Yer nazorati tadbirlari davomida Bo‘ka tumani, Qashqadaryo massivi, Kiyikchi mahallasida joylashgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 193q-konturida 0,08 ga yer maydoni fuqaro B.Y tomonidan o‘zboshimcha egallanib, asossiz ravishda 100 kv.m maydonda noqonuniy molxona binosi qurilganlik holati aniqlandi.

⭐️Holat yuzasidan Kadastr agentligi Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga sodir etilgan holat va uning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, avval ogohlantirish natija bo‘lmagach esa maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilishiga qaramay, fuqaro tomonidan qurilmalarni bartaraf etish choralari ko‘rilmagan.

Natijada mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda sudga daʼvo arizasi kiritilgan.

✔️Ayni paytda yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan qurilmalarni bartaraf etish va yerni dastlabki holatiga qaytarish ishlari amalga oshirilmoqda.

#Boʼka #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM