TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.8K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Zangiota
⚡️Qabriston yerlarida aniqlangan noqonuniy qurilmalar !

Aniqlanishicha, Zangiota tumani, O‘zbekiston massivi, Bo‘ston MFY, Ohakchilar ko‘chasida Markaziy qabriston maqsadi uchun ajratilgan yer maydonining 70 sotix qismi nomaʼlum fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan va 9 ta xo‘jalikka bo‘lib, qurilish ishlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Zangiota tuman bo‘limi tomonidan qonunda belgilangan tartida choralar ko‘rilib, qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Unutmang, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Chinoz

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Chinoz tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida binoga kirayotgan tashrif buyuruvchilarni doimiy ravishda qayd etib borilishi lozimligi hamda korrupsion holatlar asosan sobiq xodimlar tomonidan amalga oshirilayotganligini, tuman bo‘lim va filialidan ishdan bo‘shab ketgan sobiq xodimlarni binoga doimiy ravishda tashrif buyurishlarini hamda amaldagi xodimlar bilan ish vaqtida muloqot qilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

O
‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqildi.

Milliy strategiyani 2024—2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida 7 ta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan,
🔹korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ko‘rmaganlik uchun mansabdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash;

🔹har yili kamida 2 ta sohada korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish;

🔹korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratish;

🔹korrupsiya xavflarini ichki va tashqi tahlil qilish tizimini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti (public integrity) institutini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, shu jumladan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish.

📌Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga, 9 - may — Xotira va qadrlash kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #huquq

⚡️Uy-joyga muhtoj fuqarolarga beriladigan uy-joy maydonining normasi qanday ?

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024-yildagi 124-sonli qaroriga muvofiq, munitsipial, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan

🔹bir kishi hisobiga 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida

🔹kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.


❗️Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Bekobod #yernazorati
⚡️Auksion bayonnomasini soxtalashtirish holati aniqlandi

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Bekobod shahrida olib borilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro U.R tomonidan auksion bayonnomasini soxtalashtirganlik holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, Bekobod shahar hokimligi balansida bo‘lgan Al-Xorazmiy MFY hududidagi 0,04 gektar yer maydonida joylashgan 283,4 kv.m sobiq Yuqumli kasalliklar shifoxonasi binosi 2021-yilda o‘tkazilgan Elektron-onlayn auksion natijalariga ko‘ra fuqaro U.R. tomonidan sotib olinib, ma‘suliyati cheklangan jamiyati balansiga o‘tkazilgan va davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonini egallab olish maqsadida mazkur auksion bayonnomasida qayd etilgan 0,04 gektar yer maydoni ko‘rsatkichi 0,40 gektarga o‘zgartirilgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #javobgarlik
⚡️Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —

🔹BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
🔹uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


❗️O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

🔹ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish —

🔹BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
🔹ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Каналга уланиш:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent #yernazorati
⚡️Yer nazoratida dronlar amaliyoti. Parkent tumani

Ayni damda Parkent tumani Kumushkon MFY hududidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy hovuzining muhofaza zonalarida dron yordamida yer nazorati monitoringi oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, tumanning Oq tepa va Yangi navbahor MFYlari chegaralaridan oqib oʻtuvchi Hamdam kanali va Soʻqoq hududining Chashma MFY orqali oʻtuvchi Soʻqoqsoy muhofaza zonalarida ham nazorat monitoring ishlari amalga oshirildi

Amaliyotda dronlarning qo‘llanilishi yer qonunbuzilishi holatlarini erta aniqlash va ularning oldi olinishini taʼminlaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira #tabrik
⚜️ 9-may - Xotira va qadrlash kuni

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Ikkinchi jahon urushida yurtdoshlarimizning ko‘rsatgan jasorat va xizmatlarini alohida taʼkidlash joiz. Jangu jadallarda jon olib-jon bergan minglab o‘zbek o‘g‘lonlari, front ortida tunni tongga ulab mehnat qilgan, rizqu nasibasini o‘zgalar bilan baham ko‘rgan mehri daryo vatandoshlarimiz matonati va fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi.

Bayram muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram