TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
“Yer kuni”ni nishonlash anʼanasi qachon va qayerda paydo bo‘lgan ?
Anonymous Quiz
54%
1970-yilda AQSHda
21%
1990-yilda Oʼzbekistonda
13%
2010-yilda AQSHda
13%
1970-yilda Oʼzbekistonda
#rasmiy_munosabat

Rasmiy munosabat

YouTube internet tarmog‘i orqali Yuqori Chirchiq tumani Istiqlol MFY Jannatmakon bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati fuqarolari xonadonlarining Bosh rejaga kiritilmayotganliklari yuzasidan yoritilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilinadi.

Murojaatda qayd etilayotgan yaʼni bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati chegralariga aniqlik kiritish va uni meʼmorlikda shahar va boshqalarning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyihaga kiritish kadastr vakolatiga kirmasligi va mazkur masalada Arxitektura idoralariga murojaat qilishlik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#matbuot_anjumani

⭐️Kadastr agentligi tomonidan yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjuman boshlandi.

▶️Jonli efirni Uzreport TV, O‘zbekiston telekanali hamda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: ➡️ko‘rish

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer diametri necha kilometrni tashkil etadi ?
Anonymous Quiz
48%
40 mingdan ortiq kilometr
41%
50 mingdan ortiq kilometr
12%
30 mingdan ortiq kilometr
#bu_kun #yer_kuni

⚡️Yer davlat muhofazasidadir

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash

🔹Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatda qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi.

▪️ Bugun Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi boshchiligida Ohangaron tuman filialida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

▪️Tadbirda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi.

▪️Yig‘ilish so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Munosiblar taqdirlandi

Bugun, 22-aprel - Xalqaro yer kuni munosabati bilan sohada uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni munosib taqdirlash maqsadida "Soha aʼlochisi" va "Soha iftixori" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Sh.Shamsuddinov "Soha iftixori", Kadastr agentligi Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi rahbari J.Xaqqulov "Soha aʼlochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#bilasizmi

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;

🔸davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;

🔸muassislarning o‘zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to‘g‘risidagi qarorlari.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?

📌 Hozirgi kunda yerga oid huquqlarning

🔹 doimiy foydalanish,
🔹 ijara
🔹 mulk huquqi turlari amal qiladi.

Maʼlumot uchun, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bekor qilingan.

❗️Bekor qilingan huquqlar bilan avval berilgan yerlar saqlab qolinib, ijaraga berilgan yerdagi binolar sotilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi.

Asos: PF-6243, 08.06.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Quyi Chirchiq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 25-aprel kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Quyi Chirchiq tuman, Madaniyat saroyi binosi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Yangi_Toshkent

⚡️Viloyatning 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda

Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy obyektlar soni jami 19 723 tani tashkil etmoqda. Shundan

🔹Turar joylar - 18 773 ta;
🔹Noturar joylar - 891 ta;
🔹Ko‘p qavatli uylar - 52 ta
;

Tumanlar kesimida mazkur ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Yuqori Chirchiq tumanidan jami 16 556 ta obyekt:
🔹Turar joylar - 15 688 ta;
🔹Noturar joylar - 831 ta;
🔹Ko‘p qavatli uylar - 30 ta
.

O’rta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta obyekt:
🔹Turar joylar - 3 085 ta;
🔹Noturar joylar - 60 ta;
🔹Ko‘p qavatli uylar - 22 ta
.

🔖Yangi Toshkent hududiga to‘liq va qisman o‘tayotgan MFYlar haqida ham maʼlumotlar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Nurafshon Tv kanalining “Reportaj” dasturi kadastr sohasiga bag‘ishlandi

#OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️Yangiyo‘l tumanida “o‘ta” yengil tipdagi issiqxona qurilganligi aniqlandi

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida quyidagi holat aniqlandi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2018-yildagi tegishli qarori asosida Tinchlik hududidagi qishloq xo‘jaligi haritasining 179q-konturidan 2,0 gektar 60 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni ijara huquqi asosida ajratib berilib, “Yengil tipdagi issiqxona” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, mazkur qaror belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanmasdan turib, yengil konstruksiyali issiqxona qurilmasdan turib, tuman hokimining 2018-yildagi tegishli qarori bilan mazkur yer maydonida “Plastmassa maxsulotlarini qayta ishlash sexi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berib yuborilgan.

⚠️Natijada esa qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonida kapital qurilmalar qurilishi oqibatida ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM