TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.83K subscribers
9.04K photos
964 videos
10 files
7.22K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Oqqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 17-aprel kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, Birlik MFY, Oybek ko‘chasi, Davlat xizmatlar markazi binosi zali.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas !

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida quyidagi holat aniqlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2018-yildagi tegishli qaroriga Tinchlik shirkati xo‘jaligi boshqaruvining 21.01.1998 yildagi №1-sonli qarori asos qilinib, Yangiyo‘l tumani “Tinchlik” massivi Tuya-bo‘g‘iz M.F.Y.dagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 157-konturda joylashgan jami 1,62 gektar, shundan 1,40 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoniga 7 nafar fuqaroga nisbatan egalik huquqi berilgan va ushbu yer maydonida fuqarolar tomonidan qurilishlar amalga oshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli choralar qo‘llanilgan.

Biroq, yuqoridagi holatdan tegishli xulosa chiqarmagan shaxslar, 2023-yilda o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzib tashlangan bo‘lsada, mazkur yer maydonlarini notarial tartibda oldi-sotdi qilib, begonalashtirib yuborganligi aniqlandi.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

⚠️Mazkur holatda fuqarolar tomonidan qurilish ishlari olib borilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari!

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Sug
‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

❗️Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 9-modda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
Anonymous Quiz
12%
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
80%
Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
8%
Davlat zaxiralarini boshqarish agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jinoyat #ogohlik

⚡️Toshkent viloyatida yerlarni noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi

📎Xususan, Oʻrta Chirchiq tumanida maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 2 nafar shaxs Ohangaron tumanidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan MCHJga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida berilgan 96,6 gektar yaylov yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, chorvachilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 70 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📍Shuningdek, Ohangaron va Toshkent tumanlarida ham shu kabi holatlar aniqlangan.

Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

✔️ HA !
- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !
- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olmaliq #korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan olmaliq shahar bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga nisbatan huquq e’tirof etilmoqda


Quyidagi asoslar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish huquqlarini vujudga keltiradi:

🔹 2018-yil 1-mayga qadar uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan bino va inshootlar;

🔹 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar;

🔹 e’tirof etish mumkin, deb topilgan lekin 2018-yil o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasida yakuniga yetmagan hollar;

🔹 2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan ajratilgan, lekin tasdiqlash masalasi tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan yer uchastkalari;

🔹 fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasi;

🔹 kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoxud ularning qismlari joylashgan yer uchastkasi;

🔹 xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasi;

🔹 fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga nisbatan huquqni eʼtirof etishda belgilanayotgan shartlar maʼlum qilindi

Mazkur qonunda fuqarolar o‘rtasida o‘zaro ziddiyat kelib chiqmasligi, yashash joyi ularning hayotiga xavf solmasligi uchun huquqlarni e’tirof etishning quyidagi shartlari belgilanmoqda:

e’tirof etilishi belgilanayotgan yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

yer uchastkasidan foydalanishda o‘zaro nizo mavjud emasligi;

yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmasligi;

tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan xoli bo‘lishi;

qurilishi taqiqlangan muhofaza zonalarida yoki sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi alohida nazarda tutildi.

❗️Аgar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda joylashgan taqdirda, huquqlarni e’tirof etish masalasi yer fondining toifasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilganidan keyin ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Oqqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 17-aprel kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, Birlik MFY, Oybek ko‘chasi, Davlat xizmatlar markazi binosi zali.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yoshlar

⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR

Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !

🔹Bekobod tumanida 568 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 262 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 361 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 271 ta (Ko'rish)
🔹Yuqori Chirchiq tumanida 149 ta (Ko'rish)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Bekobod

⚡️Bizning manzillar: Bekobod tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bekobod tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bekobod tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Raxmonov Farxod Ravshanbekovich
Filial rahbari - Obidov Sirojiddin Karimovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zafar shaharchasi, Toshkent ko‘chasi, 5-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-29

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #Oqqoʼrgʼontumani #aynidam #sayyorqabul

Ayni damda Oqqo‘rg‘on tumanining Davlat xizmatlari markazi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda tuman masʼullari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Sayyor qabul tafsilotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish va savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

▶️Jonli efirga ulanish ➡️ Facebook

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM