TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.73K subscribers
8.43K photos
916 videos
10 files
6.79K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Zangiotatumani

⚡️Bizning manzillar: Zangiota tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Kasimov Saidabror Saidjafarovich
Filial rahbari - Abidov Aziz Xamidullayevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?
Anonymous Quiz
23%
doimiy foydalanish va ijara huquqi
33%
mulk va umrbod egalik qilish huquqi
44%
ijara va mulk huquqi
#Yangiyoʼl #yernazorati

⚡️Yangiyo‘lda qo‘pol qonunbuzilish holati aniqlandi: yengil tipdagi issiqxona o‘rnida kapital qurilishlar

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri davomida qishloq xo‘jaligi yer maydonida kapital qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2019-yildagi tegishli qarori asosida Tinchlik hududidagi qishloq xo‘jaligi haritasining
185-186-konturlaridan 9,7 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratilib, “Zamonaviy muqobil isitish tizimida ishlaydigan yengil tipdagi issiqxona, mevalarni quritish va saqlash omborxonasi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, Yangiyo‘l tumani hokimi qarorlari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmasidan turib, yengil konstruksiyali qurilmalar qurilgan va oldi-sotdi shartnomasi asosida 5 nafar shaxslarga begonalashtirib yuborilgan.

⚠️Natijada bugungi kunda kapital qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va qishloq xo‘jaligi yeri foydalanuvchilari !

Ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida, shuningdek, sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmang!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

🔹qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

🔹tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#infografika #kadastr_pasport

⚡️Kadastr pasporti shakllantirishda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda

Joriy yilning mart oyida respublika bo‘yicha jami 28 084 ta kadastr pasporti shakllantirilgan. Mazkur raqamlarning katta qismi Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

🔹Unga ko‘ra, Toshkent viloyatiga jami 10 975 arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 064 ariza qanoatlantirilgan va kadastr pasportlari shakllantirib berilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✔️Xizmatdan foydalanish hech hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jinoyat

⚡️Angrenda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departmentning Angren shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. fuqaro M.M. ga tanishlari yordamida “8-Mart” MFY hududidagi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli 50 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq,

🔹2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘ldi.

Bugun yetakchilar muzokaralar o‘tkazadi va qadimgi Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq

⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

✔️ HA !
- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !
- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

🔸xususiy mulk huquqini tan olish;

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni birlashtirish va yangi chegaralarini belgilash muddati necha kun ?
Anonymous Quiz
60%
7 ish kuni
28%
15 ish kuni
12%
13 ish kuni