TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.72K subscribers
8.44K photos
916 videos
10 files
6.8K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#Nurafshon #yernazorati

⚡️Nurafshonda loyihasiz qurilma bartaraf etildi

Nurafshon shahar, To‘ytepa MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi hududida "Mubarro oil" mchj tomonidan loyihasiz qurilmalar qurilgani aniqlangan.

Kadastr agentligining Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan MCHJ rahbariga tegishli tartibda ogohlantirish berilgan.

✔️Natijada MCHJ rahbari tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi #yernazorati

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi.

Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizningmanzillar #Ohangaron

⚡️Bizning manzillar: Ohangaron shahri

📍Kadastr agentligi Ohangaron shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Ohangaron shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Xalmatov Javlon Xalmuradovich
Filial rahbari - Qo‘shmatov Farxat Rinatovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati,Ohangaron shahri, Shodlik ko‘chasi, 1-kichik nohiya, 1-uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-645-18-09

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yashil_makon

☘️Ohangaronning Yalpoqtepasi yashil makonga aylantirilmoqda

“Yashil makon” loyihasi dasturi asosida yurtimizning barcha hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan ishlari davom etmoqda.

Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalariga biriktirilgan Ohangaron tumanining Yalpoqtepa MFY hududida ham kadastr xodimlari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida mavsumda 35 ming tup manzarali va 10 ming tup mevali ko‘chatlar o‘tkazilishi reja qilingan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi samarali kurashgan tashkilotlar reytingi eʼlon qilindi

Reyting natijasiga ko‘ra, Kadastr agentligining bu boradagi ish samaradorligi 71 ball bilan “qoniqarli” deya baholangan. Bu ko‘rsatkich o‘z navbatida tizimda belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 1097 yoki viloyat boshqarmasinining +99870 202-02-07 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #yernazorati

⚡️Zangiotada navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligi Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tumanning To‘qimachi massivida joylashgan "Gulbahor Obod" bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish ishlari amalga oshirganligi aniqlandi.

Holat tegishli tartibda bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, yer qonunbuzilishini sodir etganlarga nisbatan rasman ogohlantirish xatlari berildi.

✔️Natijada mazkur qurilmalar ixtiyoriy ravishda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi taʼminlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquq

O‘z uyimda qurilish qilishim uchun ruxsatnoma talab etiladimi ?

Javob:

Mazkur holatda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Huquqiy asos: VM-200, 20.04.2022-yil.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan
▫️umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xo‘jalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish
▫️huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Huquqiy asos: O‘RQ–803, 06.12.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#vakansiya

📣 BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bo‘stonliq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Qibray tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash shoʻbasi Kadastr muxandisi;
🔹Chinoz tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi;
🔹Toshkent tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
.

✉️ Agar siz ushbu lavozimlardan birida ishlamoqchi bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga hujjatlaringiz bilan tashrif buyuring va ariza qoldiring.

📍Bizning manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 24-uy

☎️ Maʼlumot uchun: +99870 202 0207

‼️shoshiling, bizning jamoada ishlash imkoniyatini boy bermang !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #OAV_biz_haqimizda #yernazorati

⚡️Joylarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Zangiota tumani

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilgan_yaxshi

💡 MAʼLUMOT O‘RNIDA

🏘 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat -
qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk obyektlaridir.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram